Главная » 2021 » Октябрь » 27 » Oliy ta’lim vazirligi “zamdekan” talaba qizni zo‘rlamoqchi bo‘lganiga munosabat bildirdi
16:31

Oliy ta’lim vazirligi “zamdekan” talaba qizni zo‘rlamoqchi bo‘lganiga munosabat bildirdi


Avvalroq, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida fakultet dekani o‘rinbosari talaba qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgani, u qarshilik qilgach derazadan itarib yuborgani haqida xabar berilgandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Pedagogika universitetida sodir bo‘lgan holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Vazirlik shu kabi murojaatlar uchun maxsus portal yaratilishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur voqea yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda o‘rganish va surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

“O‘rganish natijalari bo‘yicha jinoyatda gumonlanuvchi universitet mas’ul xodimiga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar ko‘riladi. Shuningdek, ushbu holatga yo‘l qo‘ygan universitet rahbariyati va mas’ullariga nisbatan ham qat’iy tashkiliy va intizomiy choralar ko‘riladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talaba qizlarning sha’ni va nomusiga qarshi har qanday xatti-harakatlarni keskin qoralaydi va, albatta, bu kabi holatlarga qarshi qat’iy kurashadi.

Tez orada bunday holatlarning oldini olish maqsadida tezkor murojaat qilish imkonini beradigan maxsus portal yaratiladi hamda ishga tushiriladi”, deyiladi vazirlik xabarida.

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 oktyabr kuni Mushtaribonu Kamilova “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotiga tavsiyanoma olish maqsadida yoshlar ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Bog‘abek Yo‘ldoshev xonasiga kirgan. Dekan xonasidan hamma chiqib ketgach, eshikni qulflab, unga tegajog‘lik qilgan. Qizni divanga yotqizmoqchi bo‘lganda, u qarshilk ko‘rsatgan va deraza oldiga borib qolgan. Niyatiga yetolmagan Bog‘abek Yo‘ldoshev uni itarib yuborgan.

Hozirda Bog‘abek Yo‘ldoshev yo‘ldoshev hibsga olingan. Holat bo‘yicha Yakkasaroy tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi (“Nomusga tegish”) va 105-modda (“Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Oliy ta’lim vazirligi, zamdekan, talaba, zo‘rlamoqchi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя