Главная » 2020 » Октябрь » 13 » Olmaliq shahriga hokim tayinlandi
17:21

Olmaliq shahriga hokim tayinlandi


Olmaliq shahrida Xalq deputatlari shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi davom etmoqda. 

Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar, bunda Xalq deputatlari shahar kengashi deputatlarining o‘rni haqida fikr bildirib, ularni faollikka chorlamoqda.

Xalq deputatlari shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi davomida Rustam Xolmatov Xamdamov Qobil Murotkulovichni Olmaliq shahriga
hokim etib tayinladi.

Qobil Xamdamov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan.

Avvalroq, 2019 yilning avgustidan buyon Olmaliq shahar hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Usmon Rahimov lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergandik.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Olmaliq, shahriga, hokim tayinlandi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя