Главная » 2020 » Март » 10 » Olmani po‘chog‘i bilan iste’mol qilish foydalimi yoki zararli?
07:30

Olmani po‘chog‘i bilan iste’mol qilish foydalimi yoki zararli?


Olmani po‘chog‘i bilan iste’mol qilish foydali hisoblanadi, ammo...

Olma — bu ratsiondagi eng oddiy va shu bilan birga eng zarur mevalardan biri, ammo ba’zi odamlar uni noto‘g‘ri iste'mol qilishda. Gap shundaki, bu mevaning po‘chog‘ini artish shart emas. Chunki uning po‘chog‘ida organizmni tozalashga yordam beradigan ozuqa tolalari mavjud. Shunday ekan, olmaning po‘chog‘idan tozalasangiz, axlatga mevaning foydali qismini tashlagan bo‘lasiz.

Parhezshunoslar fikricha, insonlar salomatligidagi eng katta muammolardan biri bu — oshqozon-ichak traktining yomon ishlashi. Ovqat hazm qilish trakti — tabiiy detoksifikatsiya qiluvchi organ. Agar u yaxshi ishlasa, u holda organizm o‘zini — o‘zi tozalaydi. Olma po‘chog‘idagi tolalar ichakda hech narsa to‘planib qolmasligini ta’minlaydi. Ozuqa tolasining ikkinchi vazifasi — ichimizdagi mikrobiotani to‘ydirish. Po‘chog‘ini to‘liq hazm qilmaymiz, bakteriyalar esa uni hazm qiladi. Bu jarayonda bakteriyalar organizm uchun juda ko‘p foydali moddalarni ajratadi.

Shu o‘rinda bir narsani unutmaslik kerak: Mevaga yanada chiroyli ko‘rinish berish uchun savdo tarmoqlarida olmaga mum bilan ishlov berish ham ommalashgan. Bunday mahsulotlarni iste’mol qilishdan oldin, ularni iliq suv bilan yuvib, sochiq bilan artish kerak. Mum butunlay yuvilmaydi, lekin hech bo‘lmaganda qisman olib tashlanadi. Mum sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘dirmasa-da, organizmda allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin.


Manba: "sof.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя