Главная » 2021 » Июль » 18 » Olmazor tumani hokimi vafot etdi
09:42

Olmazor tumani hokimi vafot etdi


Toshkent shahar Olmazor tumani hokimi Abdumajid Mullajonov vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Toshkent shahar hokimligi Abdumajid Mullajonov vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.

Abdumajid Fayzullayevich Mullajonov 1970 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. 1996 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

U 2019 yildan shu kunga qadar Toshkent shahar Olmazor tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan, 2021 yilning martidan tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Abdumajid Mullajonov O‘zbekiston Markaziy banki sobiq raisi, marhum Fayzulla Mullajonovning o‘g‘li edi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: tumani, hokimi, Olmazor, vafot etdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя