Главная » 2021 » Август » 9 » Olmazordagi uy balkonida videoga tushib qolganlarning kimligi ma’lum bo‘ldi — IIV
17:58

Olmazordagi uy balkonida videoga tushib qolganlarning kimligi ma’lum bo‘ldi — IIV


Olmazordagi ko‘pqavatli uy balkonidan olingan video ishtirokchilari kimligi ma’lum bo‘ldi. IIV matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov bu bo‘yicha bayonot bilan chiqdi.

«Kuni kecha, Qalampir.uz internet portalining jurnalisti F.Najmitdinovaning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi montaj qilingan va yolg‘ondan iborat videolavha tarqatilganligi hamda mazkur holat ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganilayotganligi haqida ma’lumot bergan edik.

Surishtiruv jarayonida ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida, balkonda tasvirlangan odamlar ikki farzandli, rasmiy nikohdagi oila, er-xotin, chet el fuqarolari bo‘lib, Toshkent shahrida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib, mazkur xonadondan rasmiy ijarada foydalanishgan. Ular tomonidan hech qanday qonun buzilish holatlari aniqlanmagan. Ushbu oilaning shaxsiy hayoti tasvirlangan videolavhani ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishiga sababchi bo‘lgan fuqaroning harakatlari huquqiy baholanadi», —deyiladi bayonotda.

Videolavhani yasab, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish orqali jurnalistni obro‘sini to‘kishga harakat qilgan fuqarolarni aniqlash bo‘yicha tezkor tadbirlar davom etmoqda. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139 moddasi 3 qismi, «g»  bandi hamda 141 prim 2-moddasi 2 qismi, «v» bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ish yakuni bo‘yicha jamoatchilikka to‘liq axborot berilishini ma’lum qilinishi aytilgan. 

Eslatib o‘tamiz, jurnalist sha’niga qilingan bo‘hton jamoatchilikda keskin rezonansni keltirib chiqardi. Jumladan, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov hamda fond Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva hodisaga munosabat bildirdi. 


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: balkonida, IIV, Olmazordagi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя