Главная » 2021 » Октябрь » 26 » “Oltin to‘p”ni Messi yutishidan qo‘rqaman – PFF Prezidenti
18:23

“Oltin to‘p”ni Messi yutishidan qo‘rqaman – PFF Prezidenti


Polsha futbol federatsiyasi Prezidenti va “Yuventus” sobiq futbolchisi Bonek Zbignev bu yilgi “Oltin to‘p”ning Messiga topshirilishi adolatsizlik bo‘lishini aytdi. Bu haqda “The Telegraph” nashri xabar berdi.

“Qo‘rqamanki, sovrinni Messi qo‘lga kiritadi. Sababi, bu mukofot uchun Afrika, Amerika va Osiyo qit’alarida ham ovoz berish jarayonlari bo‘lib o‘tadi, ular esa Messi va Ronaldudan boshqasini bilishmaydi.

Menimcha, sovringa loyiq uchta futbolchi bor: Jorjino, Messi va Levandovski. Men uchun Robert eng yaxshisi. O‘tgan yili u hammadan yaxshi o‘ynab, barcha turnirlarda g‘alaba qozonganida nima sabab unga sovrin topshirishmaganiga hayronman.

Mukofot jamoaviy jihatdan muhim yutuqlarga erishgan futbolchiga berilishi lozim. Bilamizki, Messi boshqa darajadagi futbolchi, uni boshqalar bilan solishtirish noto‘g‘ri, biroq Leo bu mavsum Jorjino kabi barcha musobaqalarda g‘olib bo‘lgani yo‘q. Shu sabab, “Oltin to‘p” unga topshirilsa, bu adolatdan bo‘lmaydi”, deydi Prezident.

Eslatib o‘tamiz, mukofot topshirish marosimi joriy yilning 29 noyabrida bo‘lib o‘tadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Oltin to‘p, Prezidenti, PFF, messi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя