Главная » 2021 » Июнь » 6 » “Oltin to‘p” uchun taxminiy nomzodlar reytingi e’lon qilindi. Ronaldu beshtalikda ham yo‘q
12:50

“Oltin to‘p” uchun taxminiy nomzodlar reytingi e’lon qilindi. Ronaldu beshtalikda ham yo‘q


Angliyaning mashhur “Goal.com” internet portali o‘z talqiniga ko‘ra, “Oltin to‘p” uchun kurashda TOP-10 asosiy da’vogarlar reytingini e’lon qildi. E’tiborlisi, 5 karra “Oltin to‘p” sohibi Krishtianu Ronaldu reytingda o‘ninchi o‘rinda qayd etilgan.

 Ro‘yxat quyidagicha ko‘rinish olgan:

1. Ngolo Kante (“Chelsi”, Fransiya) — YeCHL chempioni, Premer-Ligada 4-o‘rin, Chempionlar Ligasida “Mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi”.

2. Kilian Mbappe (PSJ, Fransiya) — Fransiya chempionati kumush medali sohibi, Liga-1 da mavsum to‘purari.

3. Robert Levandovski (“Bavariya”, Polsha) — Bundesliga chempioni, Germaniyada “Yilning eng yaxshi o‘yinchisi” hamda 41 ta gol bilan Germaniya va Yevropada “Mavsum to‘purari”.

4. Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”, Belgiya) — Premer-Liga chempioni hamda Angliya Liga Kubogi g‘olibi.

5. Lionel Messi (“Barselona”, Argentina) — Ispaniya chempionatida “Mavsum to‘purari”.

6. Ruben Diash (“Manchester Siti”, Portugaliya) — Premer-Liga chempioni hamda Angliya Liga Kubogi g‘olibi. Premer-Ligada “Yilning eng yaxshi o‘yinchisi”, PFA hamda Angliya jurnalistlari talqiniga ko‘ra, Angliyada “Yil futbolchisi”.

7. Romelu Lukaku (“Inter”, Belgiya) — Italiya A Seriyasi chempioni.

8. Karim Benzema (“Real Madrid”, Fransiya) — Ispaniya La Ligasi kumush medali sohibi, La Ligada “Mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi”.

9. Fil Foden (“Manchester Siti”, Angliya) — Premer-Liga chempioni hamda Angliya Liga Kubogi g‘olibi. Premer-Ligada “Yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi”.

10. Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”, Portugaliya) — A Seriyada to‘rtinchi o‘rin hamda “Mavsum to‘purari”. Ketma-ket ikkinchi mavsum Italiyada “Yilning eng yaxshi o‘yinchisi”.

Ma’lumot uchun, ushbu ro‘yxatdagi futbolchilarining barchasi (Messidan tashqari) o‘z terma jamoasida Yevro-2020 da o‘ynaydi. Messi esa “Kopa Amerika” turnirida qatnashadi. Shu sababli, bu reyting turnirlar yakunlangach, qayta yangilanadi.

Sovrin 2021 yilning sentyabr oyida o‘z egasiga topshiriladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Oltin to‘p, Ronaldu, Nomzodlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя