Главная » 2017 » Февраль » 14 » Omadsizlikka uchrab, keyin milliardlar topgan boylardan maslahatlar
10:14

Omadsizlikka uchrab, keyin milliardlar topgan boylardan maslahatlar


Boy bo‘lish oson emas, pulni to‘g‘ri sarflash esa undanda qiyin. Bugun dunyoga taniqli boylar hozirgi mavqeiga o‘z-o‘zidan yetib kelmagani aniq. Ular ham qoqilishlar, yo‘qotishlar, bankrotlar bo‘lgan. Ishonmaysizmi?

 

Nik Vudman

Ekstremal sport turlari uchun aksessuarlar va videokameralar ishlab chiqaruvchi GoPro kompaniyasi asoschisi Nik Vudmanning umumiy mablag‘lari hozirda 1,750,000,000 AQSh dollaridan ortiqni tashkil etadi.
Avval, u juda arzon narxlanuvchi elektronikalar bilan savdo qilgan “EmpowerAll.com” internet bozorini yaratadi. Kompaniya hech qanday daromad topmagach, tez orada yopilib ketgan. Bu bo‘lajak millarderni to‘xtatib qo‘ymadi. 1999 yil Nik FunBug nomli internet-marketing kompaniyasini tashkil etdi. Saytda foydalanuvchilar totalizatorda ishtirok etish evaziga pulli sovg‘ani yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Nik Vudman, hatto, 3 million 900 ming AQSh dollari miqdoridagi sarmoyani jalb eta oldi.

 

Chetdan qaraganda, hammasi bir maromda davom etayotgandi, faqat 2001 yil Nik omadsizlikka uchraganini yana bir bor tan olishga majbur bo‘ladi. Kompaniyasining ishlash funksiyasini to‘g‘ri boshqara olmagan Vudman sarmoyadorlar pulini ham boy berdi. Ikkinchi marta kompaniyasi omadsizlikka uchragan Nik syorfing bilan shug‘ullanishga ahd qildi. Ana shunda u ekstremal sportda foydalansa bo‘ladigan kamera ishlab chiqarish g‘oyasi bilan hozirgi GoPro kompaniyasini yaratdi.

Xulosa: Nik endi xotirjamlik va e’tibor bilan kompaniyani boshqara boshladi. U kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun ko‘proq mehnat qildi.

 

Bill Geyts

“Microsoft” kompaniyasining asoschisi va dunyoning eng boy kishilaridan biri Bill Geytsning daromadlari 86 milliard AQSh dollari atrofida deb taxmin qilinadi.

Uning birinchi ishi Traf-O-Data deb nomlangan. Kompaniya yo‘l holati bo‘yicha avtomatik hisobot tuzib, yo‘l qurilish xizmatchilariga yuborish bilan shug‘ullangan. Ularning birinchi qurilmasi, Traf-O-Data 8008 o‘z xaridorini topa olmadi. Kompaniya o‘z xizmatini mahalliy boshqarmalarga taklif qiladi, lekin birinchi taqdimotning o‘zida omadsizlikka to‘qnash keldi. 

Xulosa: Bill izlanishdan to‘xtamadi, keyinroq, u iste’molchiga kerakli bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi va “Microsoft”ga asos soldi.

 

Jeyms Dayson

Mashhur ingliz kashfiyotchisi va sanoat dizayneri, “Dyson” kompaniyasining asoschisi Jeyms Dayson 3 milliarddan ortiq mablag‘ga egalik qiladi.

Ko‘pchilik odamlar kashfiyotchi tug‘ma qobiliyat egasi bo‘ladi, deb o‘ylaydi. Lekin amalda kashfiyotchi mashaqqatli mehnat va sabrdan tug‘ilishini Dayson isbotlab bergan. Misol uchun, o‘zining changyutgichini yaratish uchun 5127 marta uringan. Namunalarning barchasi o‘n besh yil davomida omadsizlikka uchragan. So‘nggida, aniqrog‘i 1993 yil u o‘z mahsulotini bozorga olib chiqadi.

Xulosa: Jeyms kashfiyoti har gal omadsizlikka yuz tutganda, yanada katta ishtiyoq bilan uni so‘nggi daqiqalargacha mukammalashtirdi.

  Alisher Ro‘ziohunov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: maslahatlar, boylardan, milliardlar topgan, keyin, Omadsizlikka uchrab | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя