Главная » 2016 » Декабрь » 15 » Ommaviy madaniyat: “Pokemon GO” Hindistongacha yetib bordi
15:43

Ommaviy madaniyat: “Pokemon GO” Hindistongacha yetib bordi


“Pokemon GO” o‘yini bilan bog‘liq qator muammolar, noroziliklarga qaramasdan, o‘yin Hindistongacha yetib bordi. Bu haqda “Ferra.ru” xabar qilmoqda.
 
O‘yin Niantic hamda Reliance Jio mahalliy giganti bilan hamkorlikda ishga tushirildi. Ushbu mobil-o‘yin dunyodagi eng mashhur, ko‘p sonli kishilarning ovunchog‘iga aylangan.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin kunlar ichida o‘yin eksklyuziv kanal sanalmish JioChat ilovasida ham paydo bo‘ladi.
 
Eslatib o‘tamiz,” Pokemon GO” o‘yini shu yilning 6 iyul kuni dunyoning ma’lum hududlaridagina  yo‘lga qo‘yilgandi. Shundan so‘ng, u butun dunyo bo‘ylab tarqalib ketdi. Avvaliga, o‘yinga bo‘lgan qiziqish juda yuqori darajada edi, biroq vaqt o‘tishi qiziqish susaydi.
 
Ma’lumot uchun, “Pokemon Go” o‘yini mobil-dastur sifatida taqdim etilgan bo‘lib, u qo‘shimcha real elementlardan iboratligi tufayli ommalashishga erishdi. O‘yin maqsadi virtual pokemonlarni izlab topish va qo‘lga olishdir.
 
“Pokemon Go” haqidagi avvalgi maqolalarimizda biz avstriyalik ovchining “Pokemon Go” o‘yini vaqtida real pokemonni qidirib,  marixuana ekilgan bog‘ni topib olgani, Norvegiyaning Liberal partiyasi yetakchisi Trine Skay Grande mudofaa siyosatiga doir parlament majlisi paytida “Pokemon Go” o‘ynagani, Yaponiyada mazkur o‘yinni o‘ynayotib avtomobilda ikki nafar keksa yoshdagi ayolni urib ketgan erkakning hibsga olingani va jarohatlangan ayollardan birining vafot etgani, Tailandda “Pokemon Go” o‘yinining ashaddiy muxlislari tufayli yuz bergan yo‘l-transport hodisalari va boshqa ko‘ngilsiz voqealardan so‘ng, polisiya “Pokemon Go” o‘ynayotgan kishilarni xavfli xatti-harakati uchun qo‘lga olishni boshlagani haqida xabar bergan edik.
 
Aytish lozimki, ushbu o‘yin ishga tushirilgan har qanday davlatda, albatta, biror muammo yuzaga kelayapti.

Umida Yakubova

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Hindiston, Pokemon GO | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя