Главная » 2020 » Апрель » 10 » Ona uch oylik farzandidagi COVID-19 alomatlarini aytib berdi
19:38

Ona uch oylik farzandidagi COVID-19 alomatlarini aytib berdi


Angliyaning Lankashir shahrida yashovchi ayol uch oylik qizidagi COVID-19 alomatlari to‘g‘risida "The Sun" nashriga aytib berdi.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, 2 aprel kuni qizalog‘ining harorati 38,5 darajaga ko‘tariladi. “Tez yordam”ga qo‘ng‘iroq qilgan ayolga esa uyda qolish maslahat beriladi. Biroq ertasi kuni ertalab chaqaloqning harorati 39,1 darajaga yetadi va nafas olishi qiyinlashadi.

Chaqiruvga kelgan shifokorlar go‘dakni kasalxonaga yotqizishadi, 4 aprel kuni esa onasiga farzandida koronavirus topilganligi haqida xabar berishadi.

Davolash ishlari muvaffaqiyatli o‘tgan chaqaloqqa ikki kundan keyin uyiga ketishiga ruxsat beriladi.

"U bu virusdan hali to‘liq qutilganicha yo‘q. O‘zimda esa ushbu virusning bor yoki yo‘qligini ham bilmayman, chunki menda namoyon bo‘lgan yagona alomat bosh og‘rig‘i edi. Bu xastalikdan hatto dorilar ham qutqara olmaydi", - deydi ayol.

Shuningdek, u atrofdagilarni shifokorlarning tavsiyalariga quloq solishga va uyda qolishga undadi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: farzandi, aytib berdi, ona, alomatlar, covid-19, uch oylik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя