Главная » 2020 » Апрель » 9 » Onaizor koronavirusdan vafot etgan o‘g‘lining so‘nggi so‘zlari bilan bo‘lishdi
17:59

Onaizor koronavirusdan vafot etgan o‘g‘lining so‘nggi so‘zlari bilan bo‘lishdi


Londonda yashovchi Anna Nyak Daily Mail tabloidiga koronavirusdan vafot etgan o‘g‘li haqida gapirib berdi.

Emeka Nyak avtobus haydovchisi bo‘lib ishlagan va epidemiyaga qaramay, o‘z vazifasini bajarishga majbur bo‘lgan. Onasining so‘zlariga ko‘ra, u barcha xavfsizlik choralariga amal qilgan va imkoni boricha uyda qolishga harakat qilgan.

O‘ttiz olti yoshli haydovchining rahbarlari uni himoya vositalari bilan ta’minlashmagan, avtobus ham dezinfeksiya qilinmagan. Natijada, Nyak virusga chalingan.

U ikki hafta davomida o‘z-o‘zini izolyasiya qilish rejimiga amal qilgan. To‘rtinchi aprel kuni erkakning ahvoli og‘irlashgan.

"U qo‘rqib qolgandi va zo‘rg‘a nafas olardi. Ahvoli juda og‘ir edi. U tinmasdan mendan qachon tez tibbiy yordam kelishi haqida so‘rardi. Uning oxirgi so‘zlari: "Oyijon, men chiqa olmayman", - bo‘ldi, deb hikoya qildi Anna Nyak.

Ayolning o‘g‘li shifokorlar brigadasi kelgach, bir oz muddatdan so‘ng vafot etgan.

Nyakdan tashqari London jamoat transporti tizimining yana to‘qqiz nafar xodimi koronavirusdan vafot etgan.

Vafot etganlarning qarindoshlari yuz bergan hodisada Britaniya poytaxti meri Sodiq Xonni ayblashdi. Ularning fikricha, hukumat ishchilarni infeksiyaga qarshi maxsus vositalar bilan ta’minlamagan.

Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda virusdan kasallanganlar soni 1,35 milliondan oshdi. Britaniyada bemorlanganlar soni 55 mingga yetgan, 6 mingdan ziyod kishi vafot etgan.


Manba: "aniq.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя