Главная » 2018 » Январь » 30 » “Oqtepa lavash” mojarosi: aslida nima bo‘lgan edi va endi nimalar bo‘ldi?
23:17

“Oqtepa lavash” mojarosi: aslida nima bo‘lgan edi va endi nimalar bo‘ldi?


Kuni kecha Toshkent shahridagi “Oqtepa lavash” kafesida ro‘y bergan mojaro internet foydalanuvchilari tomonidan keng muhokama qilindi. Bunga mijozlardan biri tomonidan kafedagi non mahsuloti qadog‘i va devorlarda yurgan suvaraklar tasviri tushirilgan videorolik sabab bo‘ldi.

Ushbu vaziyatga “Oqtepa lavash” kafesi ma’muriyati o‘z munosabatini bildirdi. Olib borilgan ishlar videomurojaat tariqasida ma’lum qilindi.

- Assalomu alaykum hurmatli hamshaharlar va mehmonlar, - deya gap boshlagan o‘zini “Oqtepa lavash” kafesining bosh menejeri deb tanishtirgan Shuhrat ismli shaxs. – Kecha bo‘lib o‘tgan voqealarga qisqacha izoh beraman. Biz joriy yilning 15 yanvar kuni tuman sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bilan birga dezinfeksiya ishlarini olib borgan edik. Ammo bu natija bermadi. Chunki kafe tepasida aholi turar-joyi mavjud. Shundan so‘ng, 29 yanvar kuni sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga yana murojaat qildik va kafe tepasida joylashgan aholi turar-joylari bilan qo‘shib, qayta dezinfeksiya ishlarini olib bordik.

Bundan bu yog‘iga bunday ko‘ngilsiz holatlar bo‘lmasligiga barcha mehmonlar va mijozlarimiz oldida va’da beramiz, - deya o‘z so‘zlarini yakunlagan bosh menejer.

Bundan tashqari, kafe ma’muriyati va ishchi-xodimlari mijozlardan uzr so‘rash maqsadida o‘ziga xos ko‘rinish qilishgan.


VIDEONI KO'RISH

Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Oqtepa lavash | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя