Главная » 2021 » Сентябрь » 9 » «Oralarida O‘zbekiston chempioni ham bor» — Qarshida 19 yoshli sportchi to‘pponchadan o‘q yedi
09:36

«Oralarida O‘zbekiston chempioni ham bor» — Qarshida 19 yoshli sportchi to‘pponchadan o‘q yedi


Qarshida bir guruh yoshlar o‘rtasida ommaviy janjal yuz berdi. Ishtirokchilardan biri 19 yoshli sportchini pnevmatik to‘pponchadan o‘q uzib, yaraladi. Bu haqda «Novosti Kashkadari» xabar bermoqda.

Janjal 3 sentyabr kuni soat 21:30 da Qarshi markazida, kurant va viloyat hokimligi binosi yaqinida yuz bergan. Muqaddam sudlangan 28 yoshli Shahriyor va uning do‘stlari bir guruh yigitlar bilan janjallashib qolgan. Shahriyor ulardan biriga pnevmatik to‘pponcha bilan o‘qtalib, 3 soniya ichida do‘stlari bilan yo‘lning narigi tomoniga o‘tishni buyurgan.

Shundan so‘ng jami 11 kishidan iborat yigitlar guruhi o‘rtasida janjal boshlangan. Ular o‘tkinchilar oldida kurakda turmaydigan so‘zlar bilan bir-birlarini «siylagan». Shu vaqtda Shahriyor qochishga tushib, birinchi duch kelgan taksini to‘xtatgan va uni urib, mashinadan tushishga majbur qilgan. Shu payt mashinaga 19 yoshli sportchi Jonibek yugurib kelgan. Shahriyor unga bir necha marta pnevmatik to‘pponchadan o‘q uzgan. Ikki marta qorin sohasidan yaralangan Jonibek ham o‘z navbatida Shahriyorni urgan.

«Voqea joyiga profilaktika inspektori kelib qolmaganida bu mojaro qanday yakun topgan bo‘lardi, noma’lum. Ma’lum bo‘lishicha, janjal ishtirokchilarining aksariyati Qashqadaryo oliygohlarida o‘qiyotgan talabalar, ayrimlari o‘qishga endi kirgan yigitlar bo‘lgan. Ularning deyarli barchasi sport bilan shug‘ullanadi, oralarida O‘zbekiston chempioni ham bor. Nima uchun janjalda ishtirok etdingiz, degan savolga ular do‘stini xafa qilishganida qarab turolmasligini bildirgan», — deyiladi xabarda.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari barcha holatlarni inobatga olgan holda, 9 ishtirokchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bo‘yicha ma’muriy jazo qo‘llashga qaror qildi. Ularni BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorida jarima yoki 15 kunlik qamoq jazosi kutmoqda.

28 yoshli Shahriyorga nisbatan esa Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «v» bandi (sovuq qurolni namoyish qilib, ularni qo‘llash bilan qo‘rqitib yoxud qo‘llab bezorilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u qamoqqa olingan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: to‘pponchadan, sportchi, o‘q yedi, Qarshida | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя