Главная » 2020 » Май » 20 » Organizm qarishini tezlashtiradigan mahsulotlar nomi e’lon qilindi
11:26

Organizm qarishini tezlashtiradigan mahsulotlar nomi e’lon qilindi


Ispaniyadagi Navarra universiteti olimlari yuqori darajada ishlov berilgan oziq-ovqat mahsulotlari to‘qimalarning qarishiga olib keladi, degan xulosaga keldi. O‘tkazilgan tajribada 57 yoshdan 91 yoshgacha bo‘lgan 886 kishi ishtirok etdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Yuqori darajada ishlov berilgan mahsulotlarga olimlar non va shirinliklar, gazlangan ichimliklar, shirin jo‘xori qalamchalari, desertlar, yarim tayyor mahsulotlar hamda dudlangan go‘sht mahsulotlarini kiritgan.

Ushbu mahsulotlar tarkibida ko‘p miqdorda konservantlar, bo‘yoqlar, shakar, yog‘ va tuz mavjud. Ularning tarkibida kletchatka va vitaminlar juda oz.

Odatda yosh o‘tgan sari xromosomalar kamayib boradi, yuqori darajada ishlov berilgan mahsulotlar esa bu jarayonni tezlashtiradi.

Olimlar tajriba ishtirokchilarini kuzatdi. Natijada ishlov berilgan mahsulotlardan bir kunda uch porsiyadan ko‘proq iste’mol qilgan ko‘ngillilarda xromosomalar ikki marta tezroq qisqargani aniqlandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: e’lon qilindi, mahsulotlar, tezlashtiradigan, qarishini, Organizm, Nomi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя