Главная » 2016 » Декабрь » 15 » Organizmingizga qaysi vitamin yetishmayapti?
15:43

Organizmingizga qaysi vitamin yetishmayapti?


Barchamizga ma’lumki, qish faslida organizmimiz zaiflashib qoladi, vitaminlarga bo‘lgan ehtiyoj esa yanada ortadi. Gipovitaminozning oldini olish uchun tanangizda bo‘layotgan o‘zgarishlarni etibordan chetda qoldirmang va shifokor bilan maslahatlashgan holda organizmga kerakli darmondorilarni yetkazib bering.

1.    A vitamini. Terining єuruqshashi, sochlarning siyraklashishi, tirnoqlar sinuvchanligi, labdagi yorilishlar, og‘iz bo‘shlig‘ining kasallanishi, ko‘rish qobiliyatining pasayishi, toshmalar aynan shu darmondori yetishmayotganining alomatlari hisoblanadi.

2.    B1 vitamini. Diareya va qayt qilish, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi, ishtaha va qon bosimi tushishi, yuqori ta’sirchanlik, yurak aritmiyasi, oyoq-qo‘l uchining muzlashi, qon aylanishining buzilishi.

3.    B2 vitamini. Stomatit va og‘iz chetlarida yorilishlar, kon’yuktivit, ko‘zdan suv (yosh) oqishi va ko‘rish qobiliyatining sustlashishi, ko‘z ustki qismi pardasining hiralashuvi va yorug‘likdan qo‘rqish kasalligi, og‘iz bo‘shlig‘ida quruqlik.

4.    B3 vitamini. Kuchsizlik va surunkali charchoє, doimiy bosh og‘riqlari, xavotirlilik va asabiylashish, yuqori qon bosimi.

5.    B6 vitamini. Bemajollik, to‘satdan xotira sustlashishi, jigar atrofida og‘riqlar, dermatit.

6.    B12 vitamini. Kamqonlik, soch to‘kilishi, gastrit.

7.    S vitamin. Immunitet tushib ketishi natijasida umumiy bemadorlik, vazn tushishi, ishtahaning yomonlashishi, milklar qonashi, shamollash va infeksiyalarga moyillik, burundan qon ketishi, og‘izdan yoqimsiz hid kelishi.

8.    Vitamin D. Bolalarda lanjlik va kamharakatlilik, uyquning buzilishi va yomon ishtaha, qaysarlik, raxit, immunitet va ko‘rish qobiliyatining sustlashishi, moddalar almashinuvining buzilishi, suyak to‘qimalaridagi muammolar.

9.    D3 vitamini. Fosfor va kalsiyning qiyin o‘zlashtirilishi, tishlarning kech chiqishi (bolalarda), uyquning buzilishi (cho‘chish, alaxsirash), mushaklar tonusining pasayishi va suyaklar sinuvchanligi.

10.  Vitamin Ye. Allergiyaga moyillik, mushaklar distrofiyasi (oziqlanishining buzilishi), oyoqlardagi og‘riqlar, oshqozon yarasi va tromboflebitning paydo bo‘lishi, qadam tashlashning o‘zgarishi, pigment dog‘lar paydo bo‘lishi.

 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: qaysi vitamin, Organizm, yetishmayapti | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя