Главная » 2021 » Июнь » 6 » Ortiqxo‘jayev davrida Toshkent iqtisodiyoti qanchalik o‘zgargani ma’lum qilindi
11:22

Ortiqxo‘jayev davrida Toshkent iqtisodiyoti qanchalik o‘zgargani ma’lum qilindi


Qayd etilishicha, Toshkent shahrida 2017 yil yakuni bilan yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 44 trln 306,6 mlrd so‘mni (2016 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,7 foiz)ni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yil yanvar-dekabr oylari bo‘yicha YAHM hajmi 88 trln 567,7 mlrd so‘m (2019 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 101,5 foiz)ni tashkil etgan.

Shuningdek, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi shaharda 2017 yil yakuni bilan 30 trln 459,6 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bo‘yicha 52 trln 747,5 mlrd so‘mga yetgan. 

Hokimlik ma’lumotlariga ko‘ra, qurilish ishlari hajmi esa 2017 yilda 6 trln 197,9 mlrd so‘m (o‘sish sur’ati 120,5 foiz)ni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yil yanvar-dekabr oylarida 18 trln 758,9 mlrd so‘m (2019 yilga nisbatan o‘sish sur’ati 104,1 foiz)ni tashkil etgan.  2020 yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bo‘yicha  solishtirma narxlarda  qurilish ishlari 2017 yilga nisbatan 192,5 foizni  tashkil etgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkent, Ortiqxo‘jayev, iqtisodiyoti | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя