Главная » 2021 » Ноябрь » 12 » Ortiqxo‘jayevning hokim lavozimidan olingani haqida gaplar tarqaldi
18:38

Ortiqxo‘jayevning hokim lavozimidan olingani haqida gaplar tarqaldi


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev egallab turgan lavozimidan ozod etilganii haqida xabarlar tarqaldi.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, poytaxtga amaldagi Bandlik va mehnat vaziri Nozim Husanov hokim etib, tayinlanishi mumkin.

Mazkur xabarlarga izoh olish uchun Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati bilan bog‘langanimizda, ular bu ma’lumotni tasdiqlamadi.

Qayd etish kerakki, Toshkent shahar (va viloyatlar) hokimi o‘zgarishi uchun amaldagi rahbar xalq deputatlari kengashi sessiyasida ishdan olinib, yangi nomzod ma’qullanishi kerak. Shundan so‘ng, Prezident farmoni bilan nomzod rasman lavozimga tayinlanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlat kengashida ishtirok etish uchun Turkiyaga jo‘nab ketgan. Davlat rahbarining safari bugun yakunlanishi aytilgan.

Ma’lumot uchun, Jahongir Ortiqxo‘jayev 2018 yilda Toshkent shahar hokimi etib tayinlangan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: gaplar, hokim, tarqaldi, olingani, haqida, Ortiqxo‘jayev, lavozimidan | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя