Главная » 2017 » Июль » 29 » Oshkor bo‘lgan «rektor ro‘yxati», bunker ishlari
10:23

Oshkor bo‘lgan «rektor ro‘yxati», bunker ishlari


Kecha “O‘zbekiston” telekanalining “Bu ham muxim” tok shousida O‘zbekiston Oliy ta’lim muassalariga imtihon topshirish, test masalalari, “bunkerlar”, “rektor ro‘yxati” kabi masalalar ochiq oydin muxokama qilindi. Bu muammolarning efirga chiqishining o‘zi katta yangilik va ijobiy holat.

Lekin, ularga haqqoniy javob olish esa ikkinchi masala. So‘nggi vaqtlarda jurnalistlarning dadil, ochiqdan-ochiq savollari oddiy xolatga aylanib bormoqda. Biroq, ularga ochiq javob olinmas ekan xalqning yana xafsalasi pir bo‘lishi aniq.

“Bu ham muxim” tok shousi studiyasiga yig‘ilgan mutasaddilar xalqda ommalashgan ko‘p fikrlarni inkor etdilar. Xususan, “rektor ro‘yxati”, “bunker”, “x-variantlar” ularning aytishicha – ertak va afsona. Ma’lumki, afsonalar zamirida ham oz bo‘lsada haqiqat yotadi.

“Rektor ro‘xati” nima deb so‘ralganda studiyadagi rektorning “bu haqida umuman eshitmaganman”- deb javob berishi biroz erish tuyuldi. Qiziq, butun O‘zbekiston biladi ammo, rektor janoblari eshitmaganlar. Bu bilan biz rektorni ayblash niyatida emasmiz, shunchaki “eshitmaganman” degan javoblari juda kulgili yangradi halos.

«Eshitganman, biroq bu yolg‘on gaplar»-deyilsa biroz haqiqatga yaqin bo‘larmidi. Umuman olganda imtihon tashvishlari, testning qanchalik adolatli tuzilishi borasida yaxshi ma’lumotlar berildi va o‘rinli tanqidlar, takliflar bildirildi.

Aslida 1-avgust imtixon kuni kuchli nazorat tizimini joriy qilish, imtixon o’tkaziladigan bino hudidiga oliy ta’lim vakillari, raxbariyati va umuman barcha hodimlarini qo’ymaslik choralarini ko’rish lozim, Agar ular bino hudidiga, auditoriyalarga kira olishmasa bunday ishlar bo’lmaydi. Shunda davlatimiz tomonidan bu boradagi ko’rilayotgan tezkor choralarga javob desak ham bo’ladi. Bu borada ichki ishlar hamda havfsizlik hizmati vakillari nazoratini kuchaytirish lozim deb aytish mumkin.

“O‘zbekiston” kanalida ayni damda dolzarb bo‘lgan mavzularni bu tarzda yoritilishi katta ijobiy holat. Jurnalistlarimizdan yana shunday mavzularni mutaxassislarni “o‘rtaga olgan” holda tahlil qilishlarini kutib qolamiz.


Manba: "dia.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя