Главная » 2016 » Декабрь » 15 » Oshxonada yo‘l qo‘yiladigan 7 xato
15:43

Oshxonada yo‘l qo‘yiladigan 7 xato


1.      Birinchi xato: taxtakachning o‘lchami

Kichkina taxtakachlarni o‘zi kim o‘ylab topgan? Kim aytdi, bunday kichik taxtakachlarda to‘g‘rash oson deb? Xech kim. Lekin oshxonalarimizda 20 santimetrli ingichka taxtakachlar hukm surmoqda. Agar sizda ham shunday taxtakach bo‘lsa, ularni olingda gul tuvaklari tagiga qo‘ying. O‘rniga esa 2 ta katta va qalin taxtakach xarid qiling. Mana endi hammasi joyiga tushdi.

2.      Ikkinchi xato: o‘tmas pichoqlar...

Pichoq bir marta va deyarli umrbodga sotib olinadigan anjom. To‘g‘ri o‘tkir pichoqlar qimmat bo‘ladi. Agar ularga pul ketkazishni istamayotgan bo‘lsangiz, pichoqlaringizni charxlatib olishingiz mumkin. Shunda barmoqlarga ham zarar yetmaydi, sabzavotlarni kesayotganingizda ham sharbati oqib ketmaydi. Oshxonangizda albatta: katta oshpazlik pichog‘i, o‘rtacha sabzavotlar uchun pichoq, uzun yassi baliq pichog‘i, non pichog‘i bo‘lishi shart. Ha aytgandek, non va go‘sht uchun alohida-alohida pichoqdan foydalaning. 

3.      Uchinchi xato: suvni ayasangiz, bo‘tєa yeysiz

Makaron qaynatishda suvni tejash kerak emas. Masalan, yarim kilogramm makaron qaynatish uchun 5 litr suv kerak bo‘ladi. Ana o‘shanda makaron bo‘tqasiga emas, kutganingizdek  dona-dona makaronlarga ega bo‘lasiz.

4.      To‘rtinchi xato: xamir uzo-o-oq qorish

Xamirni uzoq qormang, aks holda u saqichga o‘xshab cho‘ziluvchan bo‘lib qoladi. Ayniqsa, sariyog‘ solingan xamirni tezda qorish kerak, toki sariyog‘ bo‘laklari xamir tarkibida qolsin. Ana shunda pishirig‘ingiz yumshoq, mayin va kumir-kumir bo‘lib pishadi.

5.      Beshinchi xato: qizdirilmagan yog‘

Qizdirilmagan yog‘da pishirilgan taom bemaza bo‘ladi. Shuning uchun qanchalik shoshayotgan bo‘lsangiz ham qozonga yog‘ni quyib, yaxshilab qizib olmaguncha kutib turing.

6.      Oltinchi xato: shoshib solingan sarimsoqpiyoz

Vaqtidan avvalroq solingan sarimsoqpiyoz mazasini yo‘qotadi, uning na ta’mi, na hidi va na ko‘rinishi qoladi. Sarimsoqpiyozni olovni o‘chirgandan so‘ng, taom tayyor bo‘lganda parrak qilib kesib, soling, maydalab emas.

7.      Yettinchi xato: ag‘daraversangiz suvi qochadi

Go‘sht yoki kotletlarni tovada qancha tez-tez ag‘darsangiz shuncha qattiq va quruq bo‘lib pishadi. Aslida, ularni qizarganidan so‘ng bir martagina ag‘darsangiz kifoya. Ana shunda ularning suvi qochmaydi. 

 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: oshxona, Ayol, Hato | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя