Главная » 2020 » Май » 30 » Oshxonalar, buyum bozorlari va jamoat transportiga ruxsat yo‘q. Amalda qoladigan karantin talablari ro‘yxati
09:33

Oshxonalar, buyum bozorlari va jamoat transportiga ruxsat yo‘q. Amalda qoladigan karantin talablari ro‘yxati


O‘zbekistonda karantin davrida ijtimoiy masofa saqlash, uch kishidan ortiq yig‘ilmaslik, fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalaridan foydalanishi bo‘yicha talablar amalda qoladi. Shuningdek, jamoat transporti harakatiga, umumiy ovqatlanish shoxobchalari hamda buyum bozorlari faoliyatiga taqiq o‘z kuchida qoladi.

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan O‘zbekistonda 1 iyundan ayrim hududlarda ayrim sohalar faoliyatiga ruxsat berildi. Shu bilan birgalikda, karantin 15 iyungacha uzaytirilgan.

Barcha hududlarda ularning toifasidan qat'i nazar quyidagi karantin talablari saqlab qolinadi:

  • jamoat joylarida ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlash,
  • uch kishidan ortiq yig‘ilmaslik, fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalaridan foydalanishi;
  • ta'lim tashkilotlari (bog‘cha, maktab, litsey, kollej, texnikum, institut, universitet va boshqalar), o‘quv kurslari faoliyatini yo‘lga qo‘ymaslik;
  • ko‘ngilochar obektlar – tungi klublar, diskoteka, restoran, kafe, oshxona, choyxona, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik;
  • konsert, teatr, kinoteatr va sport tadbirlarini (professional futbol klublari o‘quv mashg‘ulotlari va O‘zbekiston professional futbol ligasi chempionatlari bundan mustasno) o‘tkazmaslik;
  • jamoat transporti harakatiga ruxsat bermaslik;
  • buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat bermaslik;
  • dehqon, qurilish bozorlari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat savdo nuqtalari (supermarket va boshqa yirik do‘konlar) kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash hamda har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan holatda, ushbu majmualarga kiritmaslik choralarini ko‘rish;
  • barcha tashkilotlar kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «to‘shak»lar bilan ta'minlash hamda xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritishini ta'minlash;
  • qurilish-ta'mirlash ishlarida obektlarning hududi to‘liq karantinga olinishi va hududiy sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari bilan birgalikda obektlarda sanitariya-gigiyena tadbirlarining amalga oshirilib borilishi. Bunda, ushbu tashkilotlarning faoliyat olib borish davrida sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya qilish, o‘z faoliyatini faqatgina tegishli obekt hududi doirasida tashkil etish.

Shuningdek, shaxsiy avtotransport vositalarining viloyatlararo harakatlanishiga yo‘l qo‘yilmasligi (Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib-chiqish bundan mustasno) talabi ustidan qat'iy nazorat o‘rnatish belgilandi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: transportiga, jamoat, ruxsat yo‘q, talablari, buyum bozorlari, karantin, Oshxonalar, ro‘yxati | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя