Главная » 2020 » Февраль » 9 » “Oskar-2020” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Eng yaxshi rejissor, eng yaxshi aktyor, eng yaxshi aktrisa…
17:18

“Oskar-2020” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Eng yaxshi rejissor, eng yaxshi aktyor, eng yaxshi aktrisa…


Bugun, 9-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan Amerika kinoakademiyasining “Oskar-2020” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi tashkilotchilar uchun jiddiy sinov vazifasini o‘tamoqda. Mukofot uch yillik muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng obro‘sini ko‘tarishga jiddiy kirishgan.
 
2020-yilning eng yaxshi filmi nominatsiyasiga “Ford Ferrariga qarshi” (“Ford vs Ferrari”), “Irland” (“Irishman”), “Quyon Jojo” (“Jojo Rabbit”), “Joker” (“Joker”), “Kichik ayollar” (“Little Women”), “Nikoh tarixi” (“Marriage Story”), “1917”, “Bir kuni...Gollivudda” (“Once Upon a Time...in Hollywood”), “Parazitlar” (“Parasite”) kabi kinokartinalarning tanlanishi ham sinovga professionallik nuqtai nazaridan yondashilganini tasdiqlab turibdi.
 
“Oskar” mukofoti sha’niga birinchi marta 2015-yilda dog‘ tushishga ulgurgan edi. O‘shanda Twitter foydalanuvchilari eng yaxshi aktyor va aktrisalar ro‘yxatida bitta ham qora tanli inson yo‘qligiga e’tibor qaratishgandi. Bu qo‘pol xato marosim translyatsiyasining 15 foizga kamayib ketishiga olib keldi. Oxir-oqibat kinoakademiya omma oldida uzr so‘rashiga to‘g‘ri keldi.
 
2014–2018-yilda marosim tomoshabinlari rekord natija (72 mln.) bilan yuqoriga ko‘tarilgan bo‘lsa, keyin ana shunday tezlik bilan pastga sho‘ng‘idi (26,5 mln. tomoshabin).

Endi esa “Oskar”ga talabgor rejissyor, aktyor va aktrisalar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.
 
Eng yaxshi rejissor – Martin Skorseze – “Irland” (“Irishman”), Todd Fillips – “Joker” (“Joker”), Sem Myendes – “1917”, Kventin Tarantino – “Bir kuni... Gollivudda” (“Once Upon a Time...in Hollywood”), Pon Jun-xo – “Parazitlar” (“Parasite”).

Eng yaxshi aktyor – “Azob va sharaf” (“Pain and Glory”), Leonardo Di Kaprio – “Bir kuni... Gollivudda” (“Once Upon a Time...in Hollywood”), Adam Drayver – “Nikoh tarixi” (“Marriage Story”), Xoakin Feniks – “Joker” (“Joker”), Donatan Prays – “Ikki papa” (“The Two Popes”).

Eng yaxshi aktrisa – Sintiya Erivo – “Harriyet” (“Harriyet”), Skarlet Yoxansson – “Nikoh tarixi” (“Marriage Story”), Sirsha Ronan – “Kichik ayollar” (“Little Women”), Charliz Teron – “Mojaro” (“Bombshell”), Rene Zelvegger – “Judi” (“Judy”).

Eslatib o‘tamiz, “Oskar-2020” g‘oliblarini taqdirlash marosimi bugun Amerikaning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o'tadi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя