Главная » 2020 » Февраль » 10 » «Oskar-2020»ning barcha g‘oliblari: Koreyslar tarix yaratishdi, Bred Pittda yana bitta haykalcha
11:06

«Oskar-2020»ning barcha g‘oliblari: Koreyslar tarix yaratishdi, Bred Pittda yana bitta haykalcha


2020 yilgi taqdimotda eng yaxshi aktyor «Joker» filmidagi ijrosi uchun Xoakin Feniks bo‘ldi, eng yaxshi aktrisa esa «Judi» filmining boshqa qahramoni Rene Zellveger.

AQShning Los-Anjyeles shahridagi «Dolbi» teatrida 92-«Oskar» mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu safargi taqdimotda tarixiy hodisa kuzatildi. Eng yaxshi xorijiy film bo‘lishga asosiy da'vogar bo‘lgan Janubiy Koreyaning «Parazitlar» filmi nafaqat ushbu yo‘nalishda, balki yilning eng yaxshi film nominatsiyasida ham g‘olib chiqdi. Shu tariqa, tarixda ilk bor ingliz tilida bo‘lmagan film bosh mukofotga loyiq ko‘rildi.

Bu film taqdimotda eng ko‘p mukofot oldi - eng yaxshi rejissyorlik ishi va eng original ssenariy nominatsiyalaridagi mukofotlarni ham ushbu film rejissyori Pon Jun-xo qabul qilib oldi.

Yilning eng yaxshi aktyori esa kutilganidek «Joker» filmi yulduzi Xoakin Feniks bo‘ldi. «Judi» filmidagi ijrosi uchun Rene Zellveger eng yaxshi aktrisa deb tan olindi.

Bundan tashqari, Lora Dyorn «Nikoh tarixi» filmidagi ijrosi uchun eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa sifatida «Oskar» oldi, Bred Pitt «Bir kuni... Hollivudda» filmidagi ishtiroki uchun Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor sifatida taqdirlandi.

Bu Pitt uchun aktyor sifatidagi ilk «Oskar» bo‘ldi, Pon Jun-xo, Dyorn va Feniks ham ilk marta ushbu mukofotga ega chiqishdi.

Statuetkani eng ko‘p qo‘lga kiritish bo‘yicha «Parazitlar»dan keyingi eng yaxshi natijani «1917» filmi qayd etdi — uch yo‘nalishda mukofot.

«Parazitlar» — Kannda ham, «Oskar»da ham bosh mukofotni qo‘lga kiritgan tarixdagi to‘rtinchi film bo‘ldi.

G‘oliblarning to‘liq ro‘yxati:
Eng yaxshi film — «Parazitlar»;
Eng yaxshi rejissyor — Pon Jun-xo («Parazitlar»);
Eng yaxshi aktyor — Xoakin Feniks («Joker»);
Eng yaxshi aktrisa — Rene Zellveger («Judi»);
Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa — Lora Dyorn («Nikoh tarixi»);
Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor — Bred Pitt («Bir kuni ... Hollivudda»);
Eng yaxshi original ssenariy — Pon Jun Xo («Parazitlar»);
Eng yaxshi adaptatsiya qilingan ssenariy — Tayka Vaytiti («Quyoncha Jojo»);
Eng yaxshi animatsion film — «O‘yinchoqlar tarixi-4»;
Eng yaxshi hujjatli film — «Amerika fabrikasi»;
Eng yaxshi liboslar — «Kichik ayollar»;
Eng yaxshi postanovkachi rassom ishi — «Bir kuni... Hollivudda»;
Eng yaxshi grim —«Mojaro»;
Eng yaxshi montaj — «Ford Ferrariga qarshi» (Ford v Ferrari);
Eng yaxshi ovoz montaji — «Ford Ferrariga qarshi» (Ford v Ferrari);
Eng yaxshi ovoz — «1917»;
Eng yaxshi operatorlik ishi — Rojyer Dikins («1917»);
Eng yaxshi vizual effektlar — «1917»;
Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film — «Sochga muhabbat» (Hair Love);
Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film — «Urushda skeytbordda uchishni o‘rganish (agar qizaloq bo‘lsang)» (Learning to Skateboard in a Warzone (If You`re a Girl);
Xorij tilidagi eng yaxshi film — «Parazitlar»;
Eng yaxshi qo‘shiq — «Roketmen»;
Eng yaxshi original saundtrek — «Joker».


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя