Главная » 2018 » Январь » 16 » Ota-ona 13 farzandini zanjirband holda boqib kelgan
20:43

Ota-ona 13 farzandini zanjirband holda boqib kelgan


Amerikaning Kaliforniya shtatida o‘zining 2 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan 13 nafar farzandini majburlab qamab qo‘ygan er-xotin qamoqqa olindi. Bolalarning ayrimlari zanjirband etilgan, deb yozmoqda OAV.

Polisiyachilarning so‘zlariga ko‘ra, oilaning 17 yoshli qizi telefon orqali qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan. Qiz ularning ota-onasi o‘zini va 12 aka-uka va opa-singillarini qamab qo‘ygani haqida aytgan. Huquq himoyachilari 49 yoshli Luiza Anna va 57 yoshli Devid Allen Turpinni o‘z uyida hibsga olgan.

Farzandlarning ayrimlari badbo‘y yotoqlariga zanjirband etilgan holda topilgan. Ota-ona polisiyachilarga bu holatni tushuntirib bera olmagan. 13 bolaning yettitasi 18 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan. Bolalar qarovsiz qolgan, ularning aksariyati nimjon va holsiz ekanliklari ma’lum qilinmoqda.

Barcha jabr ko‘rganlar shifoxonaga tekshiruv uchun yuborilgan. Ular qancha vaqt qamab qo‘yilganiga aniqlik kiritilmayapti. Qo‘shnilar bu uyda qanday hodisalar ro‘y berayotganidan bexabar bo‘lishgan. Faqat shu narsa ma’lumki, oila so‘nggi yillarda moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan.

Qobiljon Rahimjonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Ota-ona | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя