Главная » 2021 » Май » 15 » Otabek Umarovning avariyadan keyingi ilk oilaviy surati e’lon qilindi
17:49

Otabek Umarovning avariyadan keyingi ilk oilaviy surati e’lon qilindi


Prezident Shavkat Mirziyoyevning kichik qizi Shahnoza Mirziyoyeva o‘z instagramida turmush o‘rtog‘i – Otabek Umarov va qizi bilan birga tushgan rasmini e’lon qildi.

«Bu hayotda oila va uning tinchligidan muhimroq hech narsa yo‘qligiga ko‘p marotaba amin bo‘lganman. Suygan insonlarim yonimda, tani-jonlari sog‘, o‘zlari xursand bo‘lib yurishlari men uchun – haqiqiy baxt. O‘z baxtimni ular baxtida ko‘rib, his qilib turaman. Hayot seni sinovlarga solganda, aziz insoning umri xavf ostida qolganda, bu baxt qadrini yana ham chuqur his etarkansan kishi. Sinovlar odatiy turmushingni alg‘ov-dalg‘ov qilib, ilgari e’tibor bermagan, ahamiyat qilmagan hayotning qorong‘u va qo‘rqinchli tamonlari bilan yuzma-yuz qilar ekan. Sen kutgan yordam Yaratganga sajda, ham yaqinlaring ko‘magida ekan.

Ha, bizning xolatimizda qo‘llab-quvvatlash kuchli bo‘ldi. Bu kuch ortidan biz kuch oldik, irodali bo‘ldik.

Aziz va hurmatli Do‘stlarimiz! Yordamingiz uchun sizlarga katta rahmat.

Bugun, aziz insonimning tug‘ilgan kunida, men faqat bir narsani aytmoqchiman: Parvardigor sizni asrasin, sog‘-salomat va baxtli bo‘ling, agar siz baxtli bo‘lsangiz, men ham baxtli bo‘laman, bizning bolalarimiz ham baxtli bo‘lishadi. Biz esa doimo yoningizda bo‘lamiz, hamma narsani yengib chiqamiz.

Sevgi va o‘zaro tushunish bo‘lgan uyda esa – hamma narsa yengib chiqiladi. Tavallud ayyomingiz bilan!», deb yozadi Shahnoza Mirziyoyeva.

Otabek Umarov bugun 37 yoshga to‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 13 fevral kuni Otabek Umarov o‘z boshqaruvidagi mototsiklda avtohalokatga uchrab, jarohat olgani xabar qilingandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Otabek Umarovning, Oilaviy, surati, avariyadan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя