Главная » 2020 » Март » 3 » OTMlarda kontrakt to‘lash muddati 20 martgacha uzaytirildi
22:48

OTMlarda kontrakt to‘lash muddati 20 martgacha uzaytirildi


O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yil 28 fevraldagi 13-son bayoni bilan, 2019/2020 o‘quv yilining birinchi yarim yili uchun to‘lov-shartnoma shartlarini bajarish muddati uzaytirildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko'ra, 2019/2020 o‘quv yilida:

  • OTMlar bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari (kunduzgi, sirtqi, kechki, maxsus sirtqi ta'lim shakllari)ga hamda magistratura mutaxassisliklariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan (shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirganabituriyentlar;
  • o‘qishi ko‘chirilgan va qayta tiklangan talabalar;
  • xorijiy fuqarolar o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larining birinchi yarmini o‘tkazish va ularni talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2020 yil 20 mart (shu kuni ham kiradi) etib belgilandi.

 Eslatib o‘tamiz, keyingi o‘quv yilidan boshlab talabalarga o‘qish uchun to‘lovni kamida to‘rtga bo‘lib to‘lash imkoni beriladi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя