Главная » 2020 » Август » 6 » OTMlarda yangi o‘quv yili masofaviy tarzda boshlanadi
22:11

OTMlarda yangi o‘quv yili masofaviy tarzda boshlanadi


1-kurs talabalari uchun darslarni oktyabrdan boshlash rejalashtirilgan.

Sentabr oyidan boshlab yuqori bosqich (ikkinchi bosqichdan boshlab) talabalari uchun o‘qish onlayn tarzda boshlanadi. Bu haqda Respublika Oliy ta'lim kengashi raisi O‘ktam Umurzoqovga asoslanib, O‘zA xabar tarqatdi.

«Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalasi ham juda murakkab bo‘lib turibdi. Mart oyidan buyon biz onlayn tizimida darslarni o‘tkazyapmiz, lekin xohlaymizmi-xohlamaymizmi, onlayn tizimi odatiy, yuzma-yuz dars o‘tish tizimining o‘rnini bosa olmaydi.

Hozircha sentabr oyidan boshlab 2, 3 va 4-kurs talabalariga o‘qishni onlayn tarzda boshlaymiz, oktabr oyida 1-kurslarni ham qabul qilib olganimizdan keyin pandemiya sal yumshasa, unda balki an'anaviy tizimga yana qaytarmiz, – dedi O‘ktam Umurzoqov.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: boshlanadi, masofaviy tarzda, OTMlarda, yangi o‘quv yili | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя