Главная » 2020 » Сентябрь » 30 » OTMlarning bitiruvchi kurs talabalari 2 oktyabrdan an’anaviy ta’limga qaytadimi?
20:26

OTMlarning bitiruvchi kurs talabalari 2 oktyabrdan an’anaviy ta’limga qaytadimi?


Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 2 oktyabridan oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi kurs talabalari uchun an’anaviy shakldagi ta’lim boshlanishi haqida xabarlar tarqaldi. Unda an’anaviy o‘qish boshlangani bilan talabalar turar joyidan xona berilmasligi ham qo‘shimcha qilingan.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mazkur xabarga munosabat bildirdi va tarqalgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi.

“Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Vazirlik ko‘rsatmasiga binoan joriy yil 2 oktyabrdan bitiruvchi bosqich talabalari uchun an’anaviy darslar boshlanadi” mazmunidagi xabarlar noto‘g‘ri ekanini ma’lum qiladi”, deyilgan munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari bosqichma-bosqich faoliyatini tiklayapti. Ammo OTMlarda an’anaviy ta’lim qaytilmadi. Oliygohlarda an’anaviy ta’lim faqatgina fevraldan, o‘quv yilining ikkinchi yarmidan boshlanishi mumkinligi aytilgandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: OTMlarning, an’anaviy, ta’limga, qaytadimi, bitiruvchi, talabalari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя