Главная » 2017 » Август » 7 » OTMlarning boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida sirtqi bo‘limlar ochildi
13:26

OTMlarning boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida sirtqi bo‘limlar ochildi


Bugun, 7 avgust kuni "Barkamol avlod" respublika bolalar badiiy ijodiyot markazida maktab o‘quv qurollari, adabiyotlar, bolalar kiyim-kechaklari hamda poyabzallar Respublika ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Ko‘rgazmada mahalliy ishlab chiqaruvchilar, maktab yarmarkasini tashkil etishga mas’ul idoralar mutaxassislari, OAV vakillari vakengjamoatchilikishtirok etdi.

Tadbir doirasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov nutq so‘zladi.

Xalq ta’limi vaziri o‘z nutqida umumta’lim maktablarida 2017-2018 o‘quv yilida joriy etilayotgan yangiliklar va dasrliklar bilan ta’minlash borasidagi olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, boshlang‘ich ta’lim sifati samaradorligini va unda ta’lim berayotgan o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan pedagog xodimlar malakasini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan joriy yildan OTMlarning boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlarida maxsus sirtqi bo‘limlar ochilgani haqida ma’lum qilindi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: OTM, boshlang‘ich ta’lim, yo‘nalish, ochildi, sirtqi bo‘lim | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя