Главная » 2017 » Январь » 15 » Ovqat hazmi yaxshilanishi uchun...
08:57

Ovqat hazmi yaxshilanishi uchun...


— Ko‘pincha yegan ovqatim hazm bo‘lmay, qiynalaman. Qanday chora ko‘rsam ekan-a?

Salomat, Jizzax shahri.

Elmira Muhammadiyev, terapevt:

Ovqat singishiga yordam beradigan shunday bir muolajani uy sharoitida qo‘llasangiz bo‘ladi: moychechak, qizil poycha (zveroboy), bo‘znoch (bessmertnik), yertut (zemlyanika) barglari va oqqayin kurtagining har biridan 100 grammdan olib, yaxshilab aralashtiring. Shuning ikki osh qoshig‘ini termosga solib, ustiga 400 gramm qaynoq suv quying. 7-8 soat tursin. Har kuni ikki mahal ovqatlanishdan 20 daqiqa oldin yarim stakandan iliq holida ichishingiz kerak. Agar damlamani taxir holida icholmasangiz ichiga bir choy qoshiq asal soling. Muolaja muddati - ikki oy. 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: yaxshilanish, uchun, Ovqat hazmi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя