Главная » 2021 » Октябрь » 11 » Ovqatlanishda har bir insonga kerakli 6ta odat
22:48

Ovqatlanishda har bir insonga kerakli 6ta odat


Ushbu oddiy harakatlar o‘zingizni yaxshiroq his etishga va salomatligingizni saqlab qolishda yordam beradi.

1. Yetarli miqdorda suv ichish

Ko‘proq suv ichish kerak. U metabolizmni tezlashtiradi. Qon plazmasi 92-95 foiz suvdan iborat. Suyuqlik qon-tomir tizimiga o‘z funksiyasini bajarishda yordam beradi. Miyaga suv bilan kislorod va glyukoza kelib tushadi, ular asab faoliyati uchun muhim.

Yana suv miyadan moddalar almashinuvi mahsulotlari va toksinlarni chiqarib tashlaydi. Suv yetishmasligi esa bosh og‘rig‘i, charchoq hissi va ovqat hazm qilish kabi muammolarga sabab bo‘lishi mumkin.

Suv iste'mol qilishning universal normasi mavjud emas. Ikkita ko‘rsatkichga e'tibor bering:

  • Chanqash hissi. Chanqagan bo‘lsangiz, suv ichishni ortga surmang.
  • Siydik rangi. U rangsiz yoki och sariq rangda bo‘lishi kerak. Aks holda siz kam suv ichyapsiz.

2. Sabzavot va mevalarni ko‘proq iste'mol qilish

O‘simliklardan tayyorlangan taomlar yurak qon-tomir kasalliklari va saratonning ayrim turlari profilaktikasida foydali. Ular tarkibidagi kletchatka ovqat hazm qilish faoliyati yaxshiroq kechishida yordam beradi va noinfeksion kasalliklar ehtimolini kamaytiradi.

So‘nggi tadqiqotlarda norma bo‘yicha kuniga 500-800 gramm sabzavot va meva iste'mol qilish haqida gap ketadi, bu esa kam miqdor emas.

3. Iste'mol qilingan taomlarni yozib borish uchun kundalik tutib ko‘rish

Ko‘pchilik iste'mol qilgan mahsulotlari miqdorini aniq bilmaydi. Shuning uchun o‘zimizning ovqatlanish borasidagi odatlarimizni yaxshi bilmasligimiz ehtimoli yuqori. Kundalik esa bu borada aslida vaziyat qanday ekanini tushunishda yordam beradi. Masalan, siz o‘zingizni yetarli miqdorda sabzavot yeyman deb hisoblashingiz mumkin, aslida esa balki kuniga bor-yo‘g‘i ikkita bodring bilan cheklanayotgandirsiz.

4. Shakarni kamroq iste'mol qilish

Zamonaviy odam shakarni ko‘p miqdorda iste'mol qiladi, chunki uni hamma yerda uchratish mumkin. Nafaqat gazli ichimliklar va pishiriqlarda, balki ketchup, tezpishar bo‘tqa hamda kolbasa tarkibida ham shakar bor.

Ikkinchi tipdagi diabet, jigar yetishmovchiligi, kariyes, semizlik va boshqa kasalliklarga shakarni haddan ziyod ko‘p iste'mol qilish sabab sifatida ko‘rsatiladi. Shunday ekan, uning ratsiondagi miqdorini nazorat qilish lozim.

5. Taomning tarkibi va kaloriyasiga e'tibor berish

Mahsulotlar yorlig‘ini ko‘zdan kechirish va yaxshilab o‘qish foydali. Masalan, shu tariqa sizning “sog‘lom” batonchigingiz tarkibining yarmi shakardan iborat ekan va kaloriya jihatidan yuqori ekanini bilib olish mumkin.

6. Sut-qatiq mahsulotlarini muntazam iste'mol qilish

Sut-qatiq mahsulotlarini kuniga bir porsiyadan iste'mol qilish vazn tashlash va ikkinchi tip diabetiga chalinish ehtimolini 18 foizga kamaytiradi. Shakarsiz turlarini tanlash lozim, ular foydaliroq.


Manba: "kun.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: insonga, odat, ovqatlanish | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя