Главная » 2019 » Январь » 12 » Ovulyasiya sikli
21:52

Ovulyasiya sikli


Tug'sh yoshidagi har bir ayol o'rtacha har 28-32 kunda hayz ko'radi. Hayz siklidan tashqari ovulyasiya sikli ham mavjud. U haqda bilish ovulyatsiyani hisoblashda yordam beradi.

Ovulyasiya sikli fazalari:

Hayzning birinchi kunidan boshlab follikulyar yoki hayz fazasi boshlanadi. Bu davrda ayol tuxumdonida bir necha follikula o'sishni boshlaydi.

Hayz boshlangan kunidan 7-kunga kelib ovulyator faza davom etadi. Shu davrda asosiy follikula ajralib, unda tuxum hujayrasi rivojlanadi.

Yigirma sakkiz kunlik hayz siklining 14-kunida ovulyatsiya sodir bo'ladi. Shu kunda yuqorida ta'kidlangan asosiy follikula yoriladi: undan yetilgan tuxum hujayrasi chiqadi. Aynan shu damda ayol ovulyasiya og'riqlarini his etishi mumkin. Ovulyasiya o'tgandan so'ng tuxum hujayrasi bachadon tomon harakatlanadi. Turli xil tadqiqotlar natijasiga ko'ra, tuxum hujayrasi 24-48 soat yashaydi.

Yigirma sakkiz kunlik siklning 15-kunidan boshlab sariq tanacha fazasi boshlanadi - bu davr ovulyasiya bilan keyingi hayzkelishining orasidagi muddatga aytiladi. Bu davrda yorilgan follikula devorchasi yog'lar va lyutein pigmentini yig'a boshlaydi. Bu pigment follikulaga sariq rang beradi. Shuning uchun ushbu follikulani endi sariq tanacha, bu davrni esa sariq tanacha davri deb atashadi. Agar o'tgan ovulyasiya kunlari urug'lanish sodir bo'lmagan bo'lsa, sariq tana davri yakunlanishida yangi hayz boshlanadi.

Ovulyasiya sikli o'zgarib turishi ham mumkin:

1 yil mobaynida (normada ayolda 2-3 marta hayz sikli ovulyasiyasiz o'tishi mumkin);

Tuqqandan so'ng;

Abortdan so'ng 3 oy davomida;

40 yoshdan so'ng.


Manba: "uzbaby.uz"
Категория: Er-Xotin, Turmush psixologiyasi | | Теги: Ovulyasiya sikli | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя