Главная » 2016 » Октябрь » 26 » Oybek va Nigora hammasiga nuqta qo‘yishdi
12:06

Oybek va Nigora hammasiga nuqta qo‘yishdi


So‘nggi vaqtlarda “Nihol” mukofoti sovrindorlari Oybek va Nigoraning bori ham, yo‘g‘i ham bilinmay qolgan. Xonandalar to‘ydan oldin ijodiy tanaffusga chiqishgan edi. Bu tanaffus to‘ydan keyin ham davom etdi, orada esa bor-yo‘g‘i bitta qo‘shiq kuylandi, xolos. Tanaffus ularning farzandli bo‘lishi vaji bilan yana davom etib kelayotgan edi. Va nihoyat Oybek va Nigora bu sokinlikka nuqta qo‘yishmoqchi.

“Xo‘sh, to‘y o‘tdi, farzandli ham bo‘ldik. Endi faqat ijod bilan band bo‘lamiz. Xullas tanaffuslarga nuqta qo‘yish vaqti keldi”, deydi Oybek Alimov
 
Xonandalar saytimiz orqali taqdim etayotgan “Aldama” nomli qo‘shiqning kuylanganiga ancha bo‘lgandi. Klip ham hali farzandli bo‘lmaslaridan avval suratga olindi. Biroq Oybek va Nigora ijod mahsulini muxlislar e’tibriga havola etish uchun qulay fursat kutishdi.
 
Mazkur qo‘shiqning musiqa va she’ri muallifi Oybek Alimov. Ungi musiqiy sayqalni esa Rustam To‘lashev bergan. Qo‘shiqqa rejissyor Sanjar Xaji tomonidan klip suratga olingan.
 
“Nihol” mukofoti sovrindorlari Oybek va Nigoraning tandirdan endigina uzilgan yangi qo‘shig‘ini saytimizning musiqa bo‘limida tinglash va ko‘chirib olish imkoniyatiga egasiz.
 
Darvoqe, xonandalar tez kunda yana ikki qo‘shiqni muxlislari e’tiboriga havola etishga shay turishibdi. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Oybek va Nigora | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя