Главная » 2021 » Апрель » 22 » Oyoqlarini uzatishga qo‘shimcha joy xizmatidan foydalangan samolyot yo‘lovchisiga 1 mlrd dollarlik hisob taqdim etildi
22:29

Oyoqlarini uzatishga qo‘shimcha joy xizmatidan foydalangan samolyot yo‘lovchisiga 1 mlrd dollarlik hisob taqdim etildi


Deyv O’Nil ismli avstraliyalik komik Melburndan Pert shahriga parvoz qiladigan Qantas aviakompaniyasining samolyoti reysidan joy bron qilishda oyoqlari uchun kengaytirilgan joy xizmatini tanlagan va qariyb 1 milliard dollarli hisobni olgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

“Salom, Qantas! Men faqatgina Pert reysida oyoqlarimni uzatishga qo‘shimcha joy xohlab, bunga pul to‘lashdan xursand edim, ammo u kutganimdan biroz qimmat bo‘lib chiqdi”, — deb yozadi O’Nil o‘zining Twitter’dagi sahifasiga. Shuningdek, u 987 999 999 dollarlik chipta skrinshotini ham ijtimoiy tarmoqqa joylagan.

Ayrim foydalanuvchilar Deyv O’Nil bir necha marotaba “samolyot sotib olish” tugmasini bosib yuborgan deb hazillashmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, operatsiya vaqtida tizimda nosozlik yuzaga kelgan. Qantas hozirda buning sababini aniqlamoqda.

Aviakompaniya vakilining aniqlik kiritishicha, Deyv foydalanishni istagan qo‘shimcha xizmat narxi 70 dollarni tashkil etadi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: uzatishga, hisob, Oyoqlarini, yo‘lovchisiga, Samolyot | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя