Главная » 2016 » Октябрь » 26 » Oyxon Iforzoda farzand kutyapti
12:06

Oyxon Iforzoda farzand kutyapti


Kecha, 24 oktabr kuni teleboshlovchi opa-singillar Rayhon Ulasenova va Oyxon Iforzodalarning singlisi Zulayho Shahobiddinova turmushga chiqdi. Bu haqda shou biznesning bir qator vakillari qatorida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva, “Sharq” guruhi ijodkorlari ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalari orqali xabar berishgan va ikki yoshni visol oqshomi bilan tabriklashgan.
                    
“Qizlarjonlar, sizlarni xonadoningizdagi yana bir to‘y bilan tabriklayman. OLLOH buyuk baxt bersin”, deb yozadi Rayhon G‘aniyeva.
 
O‘zbekiston mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan nikoh oqshomiga shou-biznes olamining ko‘zga ko‘ringan vakillari tashrif buyurishdi.
 
Darvoqea, Rayhon G‘aniyeva joylashtirgan suratda Oyhon Iforzodaning homilador ekani ko‘rinib turibdi. Teleboshlovchi 2016 yilning 23 fevralida hamkasbi Shoh Alimovichga turmushga chiqqandi.
 
Shuningdek, ushbu suratda teleboshlovchi Rayhon Ulasenovaning 4 oylik qizalog‘i ham xolasining to‘yiga kelganini ko‘rish mumkin. Qizaloq 2016 yilning 25 iyunida dunyoga kelgandi.
 
Fursatdan foydalanib, Qalampir.uz sayti nomidan Shahobiddinovlar oilasini shodiyona bilan tabriklaymiz.

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: farzand kutyapti, Oyxon Iforzoda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя