Главная » 2020 » Октябрь » 3 » Ozarbayjon Armanistonning qancha harbiy texnikasi yo‘q qilinganini ochiqladi
12:21

Ozarbayjon Armanistonning qancha harbiy texnikasi yo‘q qilinganini ochiqladi


Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida Tog‘li Qorabog‘dagi qarama-qarshilik chizig‘idagi to‘qnashuvlar bir haftadirk tinmayapti. Ozarbayjon Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, o‘tgan vaqt ichida mamlakat harbiylari yangi tayanch nuqtalarni egallab, hududni dushmandan tozalagan.

Harbiy harakatlar vaqtida qarshi tomonning salmoqli askarlari, harbiy va boshqa texnikalari yo‘q qilingan.

Armanistonning 27 sentyabr soat 20:00 dan 2 oktyabrgacha jami yo‘qotishlari:

•    230 ta tank va boshqa zirhli texnika;

•    250 ta artilleriya qurilmasi, reaktiv tizim va minomyotlar;

•    38 ta havo hujumidan mudofaa majmualari;

•    10 ta qo‘mondonlik boshqaruvi va kuzatuv punkti;

•    7 ta qurol-yarog‘ ombori;

•    130 dan ortiq avtomobil;

•    1 ta S-300 zenit-raketa majmuasi.

Avvalroq, Armaniston Qorabog‘da tinchlik o‘rnatish uchun o‘z shartini ilgari surgandi. Mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyan yarashish uchun Turkiya o‘zining yollanma askarlarini va harbiy mutaxassislarini Qorabog‘dan olib chiqib ketishi kerakligini talab qilgan.

Ma’lumot uchun, rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari joriy yilning 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi, butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi. Unda mingga yaqin harbiylar va tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.

Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlanganini aytmoqda. Ozarbayjon esa qurolli to‘qnashuvga nisbatan javob hujumlari boshlaganini rasman e'lon qilib, Armaniston chegarasidagi tinch aholi vakillarini chegara hududlaridan chetga chiqishlarini so'radi.

Holat bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan chiqib, to‘qnashuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi.

Nikol Pashinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e'lon qildi.  Buning ortidan Ilhom Aliyev mamlakatda harbiy holat va komendantlik soati e’lon qilish haqidagi farmonga imzo chekdi. Shuningdek, Aliyev 28 sentyabr kuni qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi hujjatni imzoladi. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Ozarbayjon, yo‘q qilinganini, Armanistonning, ochiqladi, harbiy texnikasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя