Главная » 2020 » Июнь » 10 » Ozganidan so‘ng xunuk bo‘lib qolgan Gollivud yulduzlari
21:36

Ozganidan so‘ng xunuk bo‘lib qolgan Gollivud yulduzlari


Mashhurlardan ayrimlari roli uchun vazn tashlashga majbur bo‘lsa, boshqalari go‘zal ko‘rinish uchun yoki stresslar oqibatida ozib ketadi.

Anjelina Joli

Gollivud yulduzi Anjelinaning vazn tashlashi bilan bog‘liq turli qarashlar mavjud. Aktrisani oqlovchilar Bred Pitt unga xiyonat qilganidan keyin qattiq stress oqibatida vazn tashlagan degan fikr bildirsa, Bredning muxlislari aktrisa Bred bilan ajrashishdan oldin ozishni boshlagan, degan taxminni aytadi. Sababi nima bo‘lgan taqdirda ham bir narsa aniq, birdaniga ozib ketish Joliga umuman yarashmagan.

Mettyu Makkonexi

Aktyor “Dallas xaridorlar klubi” filmida suratga tushish uchun katta vazn tashlashga majbur bo‘lgan. U filmda OITSga kasallanib vafot etadigan qahramonni gavdalantirishi kerak bo‘lgan.

Kira Naytli

Kiraning onasi aktrisaning qotmaligi otasidan o‘tgani hamda avvaldan ozg‘in bo‘lgan deb ta’kidlaydi. Lekin “Karib dengizi qaroqchilari” filmidagi roli suratlariga qarab, bunga shubha tug‘ilishi aniq.

Kristian Beyl

Kristian ham Mettyu singari rol uchun vazn tashlashiga to‘g‘ri kelgan. Lekin vazn tashlaganidan keyin salomatligi bilan jiddiy muammolar kuzatilgan va aktyor boshqa hech qachon rol uchun bunday yo‘l tutib sog‘lig‘ini xavfga qo‘ymasligini bildirgan.

Deniz Richards

Richardsning vazn tashlashi sababi ham Jolinikiga o‘xshash. Deniz bir vaqtlar Charli Shinning turmush o‘rtog‘i bo‘lgan. Charli bilan bog‘liq muammo va tashvishlar uning ozib ketishiga olib kelgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Gollivud yulduzlari, Ozganidan so‘ng, xunuk bo‘lib | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя