Главная » 2020 » Июнь » 18 » Ozishda yugurishdan ham samaraliroq bo‘lgan sport mashg‘ulotlari
15:07

Ozishda yugurishdan ham samaraliroq bo‘lgan sport mashg‘ulotlari


Ortiqcha vazn nafaqat tashqi ko‘rinishingiz, balki o‘zingizni qanday his qilishingiz asosiysi esa salomatligingizga ta’sir o‘tkazmay qolmaydi. Sog‘lom bo‘lish, o‘zingizga bo‘lgan ishonch va hayotiy quvvat ortishi uchun ham sport bilan shug‘ullanishni boshlashingiz kerak. Qanday mashqlar tez vazn tashlashga yordam berishini bilmayotganlar uchun quyida ma’lumotlar berib o‘tamiz.
1. Arqonda sakrash
Arqonda sakrash sizga bolalarga xos mashq bo‘lib tuyilishi mumkin, lekin uning haqiqatan ham ozishga yordami katta. Sakrash bir soatda 1000 kaloriya erishiga olib keladi, lekin ijobiy natija vazningiz og‘irligi va sakrash chastotangizga bog‘liq bo‘ladi. Kerak ekan, deb birdaniga bir soat to‘xtamay sakrash tavsiya qilinmaydi. Orada tanaffus bilan biroz dam olib, keyin yana davom ettiring.
2. Suzish
Suzish nafaqat vazn tashlash, balki chiniqish, tetiklashish uchun ham samarali hisoblanadi. Bir soat davomida kichik tanaffuslar bilan suzgan insonda 800 kaloriya erishi mumkin. Ushbu sport turi sog‘ligidagi muammo yoki jarohat sabab yugura olmaydigan, lekin vazn tashlashni istaganlar uchun ayni muddao.
3. Velosiped
Velosipedda harakatlanish qon aylanishining yaxshilanishi, o‘pka va yurak uchun foydali hisoblanadi. Velosiped uchishda qancha kaloriya erishi harakat tezligi va davomiyligiga bog‘liq bo‘ladi.
4. Batutda sakrash
Batutda sakrash soatiga 600 kaloriya erishiga olib keladi. Faqat sakrash davomida texnika xavfsizligiga amal qilish, yosh va salomatlikni inobatga olish kerak.
5. Eshkak eshish
Eshkak eshish sporti soatiga 700 kaloriya erishiga sabab bo‘ladi. Bu sport bilan shug‘ullanishga hammada ham sharoit bo‘lmasligini inobatga olib, alternativ sifatida trenajor mashqlarini bajarish tavsiya qilinadi.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: ham, mashg‘ulotlari, yugurishdan, Ozishda, bo‘lgan, samaraliroq, Sport | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя