Главная » 2017 » Июль » 31 » Ozmoqchi bo‘lganlar uchun taqiqlangan mevalar
09:16

Ozmoqchi bo‘lganlar uchun taqiqlangan mevalar


Agar siz ozmoqchi bo‘lsangiz, hamma mevalar ham bir xilda foydali hisoblanmaydi.

Bizga bolalikdan hamma pishgan sabzavot va mevalar sog‘liq uchun foydali bo‘lishi, qomat uchun zararli emasligi ongimizga singdirib kelingan. Lekin ovqatlanishga bo‘lgan zamonaviy munosabat bundan qat’iy farq qiladi va biz mukammal qomatga erishmoqchi bo‘lganlar har qanday mevalarni ham yeyishi mumkin emasligi to‘g‘risida ko‘p eshitamiz.

Agar siz meva yeyishni yaxshi ko‘rsangiz yoki ovqatlar o‘rnini ular bilan to‘liq almashtirmoqchi bo‘lsangiz, maqolamizni diqqat bilan o‘qib chiqishni masalahat beramiz. Bu sizga semirib ketmaslik uchun qaysi mevalarni yeyish mumkinligi, qaysilarini esa cheklash kerakligini tushunishga yordam beradi.

O‘rik

O‘rik insulinning qonga tushishiga ta’sir ko‘rsatuvchi juda shirin meva hisoblanadi. Insulin miqdorining o‘zgarishi qancha tez-tez sodir bo‘lsa, ortiqcha vazn yig‘ilish ehtimoli shuncha katta bo‘ladi.

Nima bilan almashtirish mumkin?

Eng yaxshisi o‘rikni rezavor mevalar, ayniqsa qulupnay bilan almashtirganingiz ma’qul. Uning tarkibida shakar deyarli yo‘q, lekin kletchatkalar va suv juda ko‘p. Qulupnay shishlarni ketkazishga yordam beradi va sellyulitni kamaytiradi.

Avokado

Biz avakadoni yengil salatlar va qaylalarga qo‘shishimizga qaramasdan, bu juda parhezli taom hisoblanmaydi. U juda kaloriyali va uning tarkibida katta miqdorda yog‘ kislotalari mavjud. To‘yinmagan yog‘larning kam miqdori foydali bo‘lishi mumkin, lekin har holda bir kunda yarimtadan ko‘p avakado yeyish tavsiya qilinmaydi.

Nima bilan almashtirish mumkin?

Agar siz odatdagi sabzavotli salatlarning turini ko‘paytirmoqchi yoki go‘sht uchun ajoyib qayla qilmoqchi bo‘lsangiz rezavor mevalar qo‘shib tayyorlanadigan retseptlarga e’tibor qiling. Ular yoz faslida sizning organizmingiz uchun zarur bo‘lgan ko‘plab C vitaminlari va antioksidantlarga juda boy.

Uzum

Parhezshunoslar uzumlarga juda ishonchsiz va shubha bilan qaraydilar. Gap nafaqat uning shirinligi va kaloriyaliligida, balki hazm qilish tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishidadir. Uzum qandli diabet va semirib ketishda, gastrit va yarali kasalliklarda to‘g‘ri kelmaydi.

Nima bilan almashtirish mumkin?

Uzumlarning eng ajoyib va tejamli o‘rnini bosuvchisi — olmalar hisoblanadi. Yaxshisi yashil navlarini sotib oling, lekin agar sizda me’da-ichak yo‘llarida muammolar bo‘lsa, unda shirinroq bo‘lgan sariq va qizil olmalarni tanlashingiz mumkin.

Manba: Women’s Health


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Mevalar, taqiqlangan, uchun, Ozmoqchi bo‘lgan, meva | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя