Главная » 2017 » Апрель » 24 » Ozodbek Nazarbekov ikkinchi qizini uzatdi
13:09

Ozodbek Nazarbekov ikkinchi qizini uzatdi


O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov 22 aprel kuni ikkinchi qizining to‘yi uchun elga osh tarqatgan edi.

Kecha, 23 aprelda Toshkentdagi “Osiyo Grand” restoranida san’atkorning ikkinchi qizi Layloning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon to‘ydan olingan surat bilan o‘rtoqlashdi va yoshlarga baxt tiladi. 19 yoshli kelin va san’atkorning oilaviy suratini esa poytaxtdagi to‘y liboslari saloni e’lon qildi.

Ma’lumot o‘rnida, Ozodbek Nazarbekov 1974 yilning 7 mayida Andijon viloyati, Shahrixon tumanida tug‘ilgan. San’atkor o‘z ijodiy faoliyatini 1994 yilda boshlagan. Farzandlari: Robiya, Laylo, Ja’far va Zinnura. Xonandaning nevarasi ham bor.

Sumbula


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: ikkinchi, ozodbek nazarbekov, qizini uzatdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя