Главная » 2021 » Апрель » 23 » Ozodbek Nazarbekov otasi vafot etgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
09:37

Ozodbek Nazarbekov otasi vafot etgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi


Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov otasi vafot etgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yolg‘on ekanini o‘z videomurojaatida ma’lum qildi.

«Toblari qochgan edi, hozirda o‘zlariga keldilar. Savollarimizga javob qaytaryaptilar... Ayrim hovliqma, og‘zi bo‘sh axborot tarqatuvchilardan ehtiyot bo‘lishlarini so‘rab qolgan bo‘lardim. Bu sizlarning xalq orasida «rost so‘zlovchilar» safida turishingizga xizmat qiladi», – deya ta’kidlaydi Nazarbekov.

«Shu jumladan otamga chin yurakdan xizmat qilayotgan tibbiyot xodimlariga o‘z minnatdorligimni bildiraman. Xudo xohlasa otam yaxshi bo‘lib ketadilar», – deya qo‘shimcha qilib o‘tadi u.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: munosabat, ozodbek nazarbekov, otasi, vafot | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя