Главная » 2020 » Май » 29 » Pandemiya vaqtida xalqaro chegaralarini ochadigan birinchi davlat nomi ma’lum qilindi
19:32

Pandemiya vaqtida xalqaro chegaralarini ochadigan birinchi davlat nomi ma’lum qilindi


Tailand hukumati 1 iyuldan cheklovlarni butunlay olib tashlash va xalqaro aviareyslarni ochish niyatini bildirdi. Bu haqda "Thaiger" portali ma’lum qildi.

"1 iyuldan boshlab SOVID-19 pandemiyasi tufayli mavjud bo‘lgan barcha cheklovlar amal qilishni to‘xtatadi. Favqulodda holat va komendantlik soati bekor qilinadi. Viloyatlar va chet ellar bo‘ylab sayohatlarga yo‘l qo‘yiladi", deb yozadi portal.

Shunday qilib, Tailandning to‘liq ochilishi amalga oshiriladi. Biroq, ba’zi xavfsizlik choralari saqlab qolinadi. Niqob kiyish va ijtimoiy masofani saqlash shular jumlasidandir.

"Iyun oyida ba’zi cheklovlar yengillashadi, masalan, komendantlik soatlari qisqartiriladi va ba’zi korxonalar o‘z ishini davom ettiradi", deyiladi xabarda.

Oldinroq, Tailandda xalqaro turizm tiklanishi to‘rtinchi chorakdan oldin amalga oshirilishi haqida xabar berilgan edi. Tailand xavfsiz mamlakatdan kelgan sayohatchilarni qabul qiluvchi birinchi mamlakat bo‘ldi.

29 may holatiga ko‘ra Tailandda 3076 ta koronavirus holati qayd etilgan, 57 kishi vafot etgan. 2 945 nafar bemor sog‘aygan. Hozirda mamlakatda 74 nafar bemor davolanmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: pandemiya, chegaralarini, birinchi, vaqtida, Xalqaro, ochadigan, davlat, Nomi, ma’lum qilindi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя