Главная » 2021 » Февраль » 9 » Pandemiyadan umuman xabari yo‘q odam topildi
16:52

Pandemiyadan umuman xabari yo‘q odam topildi


Pandemiya e’lon qilinganiga deyarli bir yil to‘lmoqda. Koronavirus so‘zini shu kungacha eshitmagan odam qolmagan bo‘lsa kerak. Ammo bunday odam bor ekan. Buyuk Britaniyalik o‘spirin bola o‘tgan yildan beri avtofalokat oqibatida koma holatda yotgan edi. E’tiborlisi, ushbu davrda u koronavirusni naqd ikki marta yuqtirib ulgurdi.

19 yoshli Jozef Flavill Berton-on-Trent shahridagi ko‘chalardan birini, 2020 yilning 1 mart kuni kesib o‘tayotganda miya jarohatini olgan edi. Uch hafta o‘tib esa mamlakatda birinchi milliy lokdaun e’lon qilingan.

Bu vaqt mobaynida o‘spirin yigitning oila a’zolari uning yonida bo‘la olmadi. Hozirda yigitcha hushiga keldi.

Yigitchaning xolasi, Salli xonimning ta’kidlashicha, jiyanining ahvoli qoniqarli bo‘lsa-da, oldinda ko‘p muolajalar kutib turibdi.

Jozef avariyadan oldin sport bilan muntazam shug‘ullanib borgan. Hozirda uning oilasi muolajalarni tezlashtirish maqsadida mablag‘ to‘plash kampaniyasini boshlagan.

"Jozef qachondir izolyasiya haqidagi hikoyalarimizni tushunadimi, yo‘qmi, bilmayman. Ehtimol, u to‘liq hushiga kelganda qayerga kelib qolganini tushunmasa ham kerak", deydi Jozefning xolasi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: odam, pandemiyadan | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя