Главная » 2019 » Декабрь » 25 » Parhezsiz ozishning 8 usuli
16:49

Parhezsiz ozishning 8 usuli


Yaqindagina xarid qilgan ko‘ylagingiz tor kelib qoldimi? Semirdingizmi? Unda ozish choralarini ko‘rish vaqti keldi! O‘zingizni qiynab, turli ozdiruvchi yoki kam kaloriyali parhez tutishingizning keragi yo‘q. Unda qanday qilib ozaman, deysizmi? Quyidagi layfxaklar bilan tanishib chiqsangiz, buning sirini bilib olasiz.

1.  Sovuq havo ozdiradi

Odamni o‘rab turgan havo harorati qancha sovuq bo‘lsa, organizm isish uchun shuncha ko‘p energiya sarflaydi. Ko‘p energiya sarflanishi esa ozishga yordam beradi. 
Buning uchun qor malikasining muz saroyida yashashni tavsiya qilmaymiz, albatta! Bor-yo‘g‘i, yashayotgan xonadoningizni tez-tez shamollatib turish kifoya. Xona va ish joyingizning harorati 22-25 daraja issiqlikni tashkil qilishi kerak. Haroratning eng past chegarasi 18-20 daraja issiqlikda bo‘lishi ayni muddao. 

2.  Suvni to‘g‘ri ichish kerak

Kuniga sakkiz stakan suv ichish kerak. Ammo bu qat’iy qoida emas. Nonushta, tushlik va kechki ovqatdan yarim soat oldin suv ichish foydali. Bu suvsizlanishning oldini oladi. Ishtahani “o‘tmaslashtiradi” va ko‘p yeb qo‘yishning oldini oladi. Chunki suv oshqozonni to‘ldiradi. Terini toraytirib, mayinlashtiradi. Tanadagi zaharlarni haydaydi va shu orqali vaznni kamaytiradi. Sellyulit hosil bo‘lishining oldini oladi.

3.  Tarozini tashlab yuboring

Qaddi-qomati haqida qayg‘uradiganlarning uyida tarozi bo‘lishi tabiiy. Kimdir har soatda, yana kimlardir kuniga uch martalab vaznini o‘lchaydi. Taroziga tortilishning ham “oltin oralig‘i”ni topa biling. 
Vazningizni nazorat qilish uchun haftasiga bir marta o‘lchanishning o‘zi kifoya! Diyetologlarning tavsiya etishicha, qomatning to‘g‘ri o‘lchamini santimetr tasmasiga ishongan ma’qul. Buni qaddi-qomatingiz joyida bo‘lgan vaqtda jinsi shim yoki sevimli yupkangizni kiyib ko‘rib amalga oshirishingiz mumkin. Tarozi aldaydimi? Yo‘q, aldamaydi. Bor-yo‘g‘i, u insonning mushak va yog‘ qatlamini bir xil og‘irlikda ko‘rsatadi. Ularning qay biri me’yordan ortganini kiyingan vaqtingizdagina aniqlash mumkin. Kiyimning tor turishi qomatda yog‘ qatlamlarining ortganiga ishora qiladi.

4. Uyquga to‘yish kerak

Siz uyquga to‘ymasangiz, o‘zingizni dam olgandek his etmaysiz! Natijada paydo bo‘lgan stressni esa biron-bir shirinlik yoki shunga o‘xshash zararli mahsulot iste’moli bilan yo‘qotasiz. To‘yib uxlamaslik tashqi ko‘rinishingizda namoyon bo‘ladi. Ertalab “kulrang” teri, ko‘z osti qorayishi kabi belgilar bilan uyg‘onasiz.
Buning surunkali davom etishi esa vazn yig‘ilishiga olib keladi. Ularning o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor, dersiz? Kam uxlash tufayli qonda ishtahani kuchaytiradigan va yog‘ to‘planishiga sabab bo‘ladigan grelin gormonining miqdori ortadi. Siz kam uxlab turib, ovqatlanish tartibiga qat’iy amal qilsangiz ham semirishingiz mumkin. 

5.   Tushlik va kechki ovqatni sabzavotli salatlardan boshlang

Sabzavot va ko‘katlar solingan, o‘simlik moyi qo‘shilgan salat vitamin va mikroelementlar manbayidir. Bunday yegulik sog‘lom ovqatlanish tarkibining asosi. Shuningdek, salat ishtahani “o‘tmaslashtiradi”, oshqozonda joy egallaydi. Shu orqali ko‘p yeb qo‘yishning oldi olinadi.

6.  O‘zimizni mazali yegulik bilan emas, foydali ish bilan “siylaymiz”

Inson yaxshi kayfiyatda bo‘lganida o‘zini birorta mazali yegulik (pirog, muzqaymoq, shokolad kabilar) bilan “siylagisi” keladi. Bunday erkaliklarning ko‘payishi vazningizning ortishiga olib keladi. Shu sabab, bunday “shirin” odatni foydalisiga almashtiring. Masalan, shopingga borish, go‘zallik saloni xizmatidan foydalanish kabilar bilan shug‘ullaning. Shunday qilinsa, bunday bonuslar qomatingizga ham bonus keltiradi.

7.  “Ayyor” likopchalardan foydalaning

Kichik hajmli, to‘q rangli likopcha ishtahani nazorat qilishga yordam beradi. Bir xil miqdorda ovqat solingan turli hajmli idishlar inson miyasiga ta’sir ko‘rsatar ekan. Kichik likopchadagi ovqat to‘la va to‘yimli ko‘rinadi.
Shuningdek, och havorang, ko‘k, yashil, to‘q yashil va hattoki, qora rangli idishlar ozishga yordam beradi. Bunday ranglar asab tizimini qo‘zg‘atmaydi. Demakki, bu holatda ko‘p ovqat yeb qo‘yish xavfi kamayadi.

8.  Uyda shirinliklar zaxirasini saqlamang

Uyingizdagi muzlatgichni ochganingizda unda saqlanayotgan shirinlik, yarimtayyor mahsulotlar ishtahani ochib yuboradi. Ularni istagan vaqt ochib yeb qo‘yishingiz mumkin. 
Shu sabab, bunday mahsulotlar zaxirasidan voz keching.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя