Главная » 2017 » Июль » 25 » Pasport yo‘qotilganida qaerga murojaat qilish kerak?
16:35

Pasport yo‘qotilganida qaerga murojaat qilish kerak?


CAVOL: Men o‘z fuqarolik pasportimni qolgan buyumlarim bilan birga o‘g‘irlatib qo‘ydim. Hech qidirib topishning iloji bo‘lmayapti. Bu holatda qaerga nima deb murojaat qilishim kerak?

JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 26 fevraldagi 2240-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi Nizomni 20-bandiga muvofiq fuqaro pasportni avaylab asrashi shart.

Pasport yo‘qolgani haqida fuqaro doimiy qayd etilgan joyidagi ichki ishlar organlariga yoki O‘zbekiston Respublikasining shaxs borgan xorijdagi diplomatik vakolatxonasiga yoxud konsullik muassasasiga darhol xabar qilishi lozim. Ular esa fuqaroning arizasiga binoan belgilangan namunadagi ma’lumotnoma beradi.

Savolga huquqshunos Sardor Ne’matjonov javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.

 


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Pasport, murojaat qilish, qaerga, yo‘qotilganida, Kerak | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя