Главная » 2021 » Июнь » 6 » Payariqda 20 kishi do‘konga bostirib kelib hujum qilgani aytilgan xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
22:29

Payariqda 20 kishi do‘konga bostirib kelib hujum qilgani aytilgan xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi


Samarqand viloyatining Payariq tumanida 20 kishi do‘konga bostirib kelib hujum qilgani, 4 kishi jarohatlangani aytilgan xabarlar tarqaldi. Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 5-iyun kuni soat 22:00 larda Payariq tumani “G‘oyibota” mahallasida joylashgan savdo do‘koni yonida Payariq tumani “Turkibola” mahallasida yashovchi 1974-yilda tug‘ilgan B. hamda shu mahallada yashovchi 1994-yilda tug‘ilgan S. o‘rtasida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik oqibatida S. qo‘lidagi temir bo‘lagi bilan B.ning bosh qismiga urib, tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan Payariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-modda 2-qismi “l” bandi (qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Ta’kidlanishicha, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov harakatlari davomida janjalda ishtirok etgan boshqa shaxslarning harakatlariga huquqiy baho beriladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Payariqda, do‘konga, bostirib | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя