Загрузка...
Главная » 2018 » Июнь » 14 » Pedagoglarning nufuzi va oylik ish haqi oshiriladi
21:52
Pedagoglarning nufuzi va oylik ish haqi oshiriladi

Prezidentning «Xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarning ijtimoiy mavqeini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasi QHTBT portaliga joylashtirildi. Bu xaqda «Norma.uz» xabar qilmoqda.

Loyiha bilan o‘qituvchilarning nufuzini yanada oshirish hamda ularni yoshlarga namuna va o‘rnak darajasiga ko‘tarish maqsadida qator chora-tadbirlar ko‘rilishi rejalashtirilmoqda, jumladan:

eng yaxshi fan o‘qituvchilarini xorijga malaka oshirish uchun yuborish;

Kasaba uyushmasi mablag‘lari hisobidan yurtimizning tarixiy-madaniy markazlari va noyob tabiat go‘shalariga sayohatlarini tashkil etish;

pedagoglarni davlat mukofotlariga tavsiya etish salmog‘ini oshirish, tarmoqda mukofotlar sonini ko‘paytirish;

1 yilda bir marotaba keng qamrovli bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;

sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalarida dam olishlari ko‘lamini kengaytirish;

pedagoglar sulolalarining faoliyatini keng ommalashtirish, ular orasida tanlovlar o‘tkazish;

jamoaviy tanlash huquqini inobatga olgan holda pedagog xodimlar uchun kiyinish standartlarini ishlab chiqish;

pedagog xodimlarni ularning lavozim vazifasiga taalluqli bo‘lmagan ishlarga jalb etishni qat’iyan taqiqlash;

arzon uy-joylar qurilishi dasturi doirasida uy-joy sotib olishlari uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish kabilar ko‘zda tutilgan.

Oylik ish haqi oshiriladi

2018 yil 1 sentyabrdan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining:

yuqori sinf o‘qituvchilari oylik ish haqlarini - 24 foizga,

boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari oylik ish haqlarini - 10 foizga oshirish taklif etilmoqda.

Bundan tashqari tashabbuskor, mahoratli, o‘quvchilari fan olimpiadalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan pedagoglarni EKIHning 3 dan 20 baravarigacha bir martalik moddiy rag‘batlantirish tartibini joriy etish rejalashtirilgan.

Yana bir muhim yangiliklardan biri ulardan ortiqcha hisobotlar va qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilish amaliyoti qat’iyan taqiqlanadi.

Direktor jamg‘armasi mablag‘larini shaffoflik, oshkoralik va adolatlilik prinsiplari asosida sarflash imkonini beruvchi yangi tartib ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi.

Xalq ta’limi vazirligiga ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining o‘quv yuklamalarini qayta ko‘rib chiqish, ta’lim-tarbiya sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab joriy etish topshiriladi.

Pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida abiturientlar uchun test sinovlari bilan birga bitta fan bloki o‘rniga ijodiy imtihon kiritilishi mumkin. Qolaversa, pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga davlat granti asosida qabul kvotalarini ko‘paytirish ham taklif etilayotir.

Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 181 | Добавил: ADMIN | Теги: Pedagoglar, oylik ish haqi, oshiriladi, nufuzi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2018 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |