Главная » 2016 » Октябрь » 24 » Пенелопа Круснинг 10 Қиёфаси
12:59

Пенелопа Круснинг 10 Қиёфаси


«Oskar» mukofotiga sazovor bo‘lgan birinchi ispan aktrisasi vamodeli Penelopa Krus 1974 yili Ispaniyada tavallud topgan. 50 danortiq filmlarda suratga tushgan. «Viki Kristina Barselona», «Qaytish», «To‘qqiz» kartinalardagi roli uchun «Oskar» va «Oltinglobus» mukofotlariga nomzodi qo‘yilgan.

1.      «Kino san’ati menga bir muhim narsani o‘rgatdi, vaziyat taqozo qilsa «yo‘q» deyish kerak ekan».

2.      «Har bir ayol egnidagi libosi bilan berkitilgan sirdir».

3.      «Shou-biznesga kirib kelgan paytlarim,  jurnalistlarning shaxsiy hayotimga aralashishlari yoqmas edi. Hatto ularga bir necha marta «shaxsiy hayotimning ishimga nima aloqasi bor», deb baqirganman xam. Lekin hozir ulg‘aydim va bu o‘yinning qoidalarini o‘rgandim».

4.      «11 yoshimda balet bilan shug‘ullanardim. O‘sha kezlar aktrisa bo‘lish men uchun oyga uchishdek ushalmas orzu edi».

5.      «Men uchun «Oskar» haykalchasi dunyodagi eng yaxshi o‘yinchoq va ovunchoq. Uni u xonadan bu xonaga ko‘chiraveraman. Muhim qaror qabul qilishdan oldin unga qarab o‘ylanaman. Hatto, sohilga borganimda ham haykalchani qo‘limdan qo‘ymay olib borganman. Hamon uni qo‘lga kiritganimga ishonmayman. Men uchun bu tush go‘yo».

6.      «Tug‘ilgan kunimni nishonlashni unchalik ham xush ko‘rmayman. Chunki ko‘pchilik  diqqat markazida bo‘lganimda juda hayajonlanaman. Bir marta hayajondan bayram tortini puflayotib, sochimni kuydirib ham olganman».

7.      «Sevimli aktrisam - Meril Strip. Men u o‘ynagan barcha filmlarni bir necha martalab tomosha qilganman».

8.      «Karib dengizida dam olishni judayam sevaman. U yerda o‘zimni xuddi vatanimdagidek his qilaman».

9.      «Mazali taomlarni juda yaxshi ko‘raman. Soat 18.00 dan keyin ovqat yeyishdan o‘zimni hech to‘xtata olmadim».

10.    «Menda ham, turmush o‘rtog‘imda ham hanuzgacha haydovchilik guvohnomasi yo‘q. Shuni deb, ayrim muammolarga  duch kelib yuramiz».

11.    «Balki ishonmassiz, lekin ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy sahifam yo‘q. Men insonlar bir-biriga o‘z qo‘llari bilan qog‘ozda xat yozgan kezlarni sog‘inaman. O‘sha paytlarning odami ekanligim shundan bo‘lsa kerak».

12.    «Farzandlarim haqida gapiraveraman. Hatto, ko‘chadagi notanish insonlar bilan ham ular haqida so‘zlasha olaman. Men uchun eng yaxshi mavzu bolalarimdir».


Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Пенелопа Крус | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя