Главная » 2020 » Июль » 16 » Pep Gvardiola APLda yangi rekord o‘rnatdi
16:43

Pep Gvardiola APLda yangi rekord o‘rnatdi


«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya premer-ligasida yangi rekord o‘rnatdi.

Manchesterda 36-tur doirasida «Bornmut»ni qabul qilgan «Siti» 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Birinchi taymdagi ikkita golni ham mezbonlar kiritishdi: 6-daqiqada — David Silva, 39-daqiqada — Gabriel Jezus. Mehmonlar faqat o‘yin oxirida, 88-daqiqada Devid Bruks urgan gol hisobiga oradagi farqni qisqartira olishdi.

Tahlilchilar keyinchalik APL tarixida yangi natija qayd etilganini aniqlashdi. «Manchester Siti» bosh murabbiyi dastlabki 150 ta o‘yinida eng ko‘p g‘alaba qozonish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

Xosep Gvardiola hisobidagi g‘alabalar soni  111 taga yetdi. U Joze Mourino (105), Yurgen Klopp (92), Aleks Fergyuson (90) va Kenni Dalglish (85)lardan o‘tib ketdi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: APLda, yangi rekord o‘rnatdi, Pep Gvardiola | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя