Главная » 2020 » Январь » 14 » Peterburgda o‘gay o‘g‘il o‘zbekistonlik otasining qotiliga aylandi
22:20

Peterburgda o‘gay o‘g‘il o‘zbekistonlik otasining qotiliga aylandi


Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 46 yoshli O‘zbekiston fuqarosining o‘ldirilishi bo‘yicha tekshiruv boshlandi. Qotillikda uning 2004 yilda tug‘ilgan o‘gay o‘g‘li gumon qilinyapti.

Hodisa joriy yilning 11 yanvar kuni tunda sodir bo‘lgan. Politsiyaga Peterburgning Vasilevsk oroli tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida erkak pichoq bilan jarohatlangani haqida xabar tushgan.

Voqea joyiga yetib kelgan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari erkakni 16 yoshli o‘gay o‘g‘li pichoqlagan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan. Bola mast holatda bo‘lgan. Erkak tez tibbiy yordam mashinasida jon bergan. Maktab o‘quvchisi esa qotillikda gumon qilib, hibsga olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘smir bola bir necha marta ma’muriy qoidabuzarlik amalga oshirib, tarbiyasi og‘ir bolalar ro‘yxatiga kiritilgan. Hozirda hodisa yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilyapti.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя