Главная » 2021 » Май » 22 » Petrushka urug‘larini yetishtirish uchun – uch yilgacha qamoq
17:08

Petrushka urug‘larini yetishtirish uchun – uch yilgacha qamoq


Rossiyada petrushka urug‘larini yetishtirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Bu haqda huquq himoyachisi, «Korchago va Partnerlar» advokatlar assotsiatsiyasi raisi Yevgeniy Korchago «Praym» agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

«Petrushka urug‘lari sanitariya qoidalari va normalarining «Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va ozuqaviy qiymatiga nisbatan gigienik talablari» ro‘yxatiga kiritilgan.  Biroq, petrushka o‘zi taqiqqa kirmaydi, shuning uchun ko‘katlarni yetishtirish va iste’mol qilish mutlaqo qonuniydir. Taqiqlangan o‘simliklar ro‘yxatiga faqat petrushka urug‘lari kiritilgan, ulardan inson salomatligi uchun xavfli yog‘ tayyorlanishi mumkin», – deya tushuntirdi u.

Agar urug‘larni yetishtirishda giyohvand moyini olish maqsadida amalga oshirilganligi isbotlansa, buning uchun  Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 228-moddasiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

Buning uchun uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki shu muddatga ozodlikdan mahrum qilishgacha bo‘lgan jazo belgilangan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: petrushka, urug‘larini | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя